Meksika termasi futbolchisiga Ispaniya klubi davogar
03 dek 2022 18:40
Yangiliklar
Meksika termasi futbolchisiga Ispaniya klubi davogar
Meksika terma jamoasi futbolchisi Sesar Montesga Ispaniyaning "Espanol"idan katta qiziqish bo'lmoqda.
Qatardagi Jahon chempionati o'z mevalarini berishda davom etmoqda. Hal qiluvchi bosqichlarga kirib borayotgan mundialdan so'ng ayrim futbolchilarning narxlari keskin oshadi, bazilari esa mahalliy chempionatlardan kuchli ligalarga yo'l olishadi.

25 yoshli futbolchiga egalik qilayotgan "Monterrey" Montesni sotib yuborishga tayyor. Kataloniya klubi yozda ham uni xarid qilishni muhokama qilgan bo'lsa-da, endi uning JCH-2022dagi harakatlari uchun narxi biroz ortishi tayin. Avvalroq unga 3 mln evro belgilashgan edi.
Meksika terma jamoasi Qatardagi chempionatni guruh bosqichida yakunladi. Sesar Montes SHimoliy Amerika vakilining uchchala o'yinida ham asosiy tarkibda maydonda harakatlandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar