So’nggi yangiliklar

21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  0 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  0 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  3 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  1 19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  6 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  7 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  6 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  9 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  22 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  1 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  22

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o'rtasida "KYU" futbol festivali bo'lib o'tdi Yangiliklar

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o'rtasida "KYU" futbol festivali bo'lib o'tdi

Teglar :  Kelajak yulduzlari
Bugun "O'zbekiston" sport majmuasida mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o'rtasida "Kelajak Yulduzlari" futbol festivali bo'lib o'tdi.

"Sen yolg'iz emassan" fondi, 23-sonli mehribonlik uyi, O'zbekiston Futzal Associaciyasi, "Championat.asia" sayti va FIFA hakami SHuhrat Po'latov hamkorligida tashkil etilgan festivalimizda 22 ("Sardorlar"), 23 ("O'zbekiston"), 30-sonli mehribonlik uylari ("CHilonzor"), SOS bolalar shaharchasi ("Real") va CHirchiqdan 14-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ishtirok etdilar. Arenaga tashrif buyurgan muxlislar qiziqarli bahslarga boy uchrashuvlarning guvohi bo'lishdi.


O'yinlar oralig'ida mehribonlik uyi bolalari o'zlarining ajoyib raqslari bilan futbolchi va tashkilotchilarning kayfiyatini yanada ko'tarishdi.




"O'zbekiston" jamoasi raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmay, barcha o'yinlarda yirik hisobda g'alaba qozondi.








"Real" - "O'zbekiston" 2:15

"Sardorlar" - "CHilonzor" 2:6

"O'zbekiston" - "Sardorlar" 15:0

"Real" - "CHilonzor" 2:4

"Sardorlar" - "Real" 2:1

"O'zbekiston" - "CHilonzor" 8:1

Turnirda ishtirok etgan barcha jamoalarga esdalik sovg'alari va medallar topshirildi. Bularning barchasi Evropa chempionlar ligasiga o'xshardi. Unda jahon chempionatida ishtirok etib qaytgan futzalchilarimiz ham qatnashdilar.


Musobaqaning faxriy mehmonlaridan biri Azamat Abduraimov turnirning eng yaxshi futbolchisiga o'z dastxati tushirilgan to'p va sovg'asini taqdim etdi.


Musobaqani tashkil etishda yordam bergan O'zbekiston futzal Associaciyasi, "Championat.asia", Jamshid Asadov va SHuhrat Po'latovga alohida minnatdorchilik bildirildi. SHu bilan birga, "Joma" kompaniyasi va "Nasaf" FK klubi ishtirokchilarga o'z sovg'alarini taqdim etishdi.



Turnirda olingan eng sara suratlarni bu erda tomosha qilishingiz mumkin: FOTOGALEREYA

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика