So’nggi yangiliklar

11:25Левандовски "Барселона" билан шартномасини узайтириш учун нима қилиши кераклиги маълум  0 10:52Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 10:17ФИФА президенти Жаҳон чемпионати мезбонлиги учун Ўзбекистонга миннатдорчилик билдирди  0 09:44Черан хет-трик қилиб, "Пахтакор"га ғалаба келтирган учрашувдан ГАЛEРEЯ  1 09:10"Реал" ва ПСЖ собиқ ҳужумчиси Малайзия клубига ўтди  0 08:36Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувда ҳимоячилар орасида энг катта баҳога лойиқ кўрилди  2 08:00Энг зўрлари аниқланган, Бразилия олтинчи марта кубогни кўтарган ЖЧ тақдирлаш маросимидан ГАЛEРEЯ  0 07:29ЖЧ-2026 саралаш. Эрон терма жамоасининг Тошкентга келадиган таркиби маълум  26 02:03Ла Лига. "Атлетико" "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда 84-дақиқада гол ўтказиб, ғалабани қўлдан бой берди  2 02:00А Серия. "Фиорентина" 3та пенальти голга айланмаган ўйинда "Милан"ни мағлуб этди, ҳакам 2та қизил карточка кўрсатди, Де Хеа эса учрашув қаҳрамонига айланди!  8 01:55Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Ницца"ни ютолмади  0 00:34Ўзбекистон кубогининг янги эгаларига аталган карикатура  2 23:24Хендерсон АПЛга қайтиши мумкин  0 23:09РПЛ. ЦСКА Москва дербисида "Динамо"ни мағлуб этди, Файзуллаевдан навбатдаги гол  6 23:06А Серия. "Рома" "Монца" билан дуранг ўйнади, Шомуродов 86-дақиқада захирадан туширилди  15

Dilmurod Nazarov xotirasiga bag'ishlangan "Navro'z Kubogi-2024" musobaqasi qanday o'tdi? Yangiliklar

Dilmurod Nazarov xotirasiga bag'ishlangan "Navro'z Kubogi-2024" musobaqasi qanday o'tdi?

"Kelajak Yulduzlari company" bu yil O'zbekiston terma jamoasi sobiq hujumchisi Dilmurod Nazarov xotirasiga bag'ishlangan "Navro'z Kubogi" musobaqani tashkil qildi.

Bu bolalar turnirlarini o'tkazadigan kompaniya uchun ettinchi "Navro'z Kubogi" bo'ldi. Uning bu yildan boshlab sobiq futbolchilarning xotirasiga ham urg'u berilayotgani tahsinga sazovordir. Bir hafta davom etgan turnir aytish mumkinki yuqori saviyada tashkillashtirildi. Musobaqa Trastbank tomonidan moliyalashtirildi va "Paxtakor" hamda "Lokomotiv" jamoalari bilan hamkorlikda tashkil qilindi.

Dastlab 2014, 2015 yillar o'rtasidagi final o'yinlari bo'lib o'tdi. U-9 yosh toifasidagilar o'rtasida "Zarafshon Progress" va BO'SM-16 bronza medallariga ega chiqqan bo'lsa, finalda "Feniks" va "Kimyogar" jamoalari to'qnash kelishdi. Unda omad "Feniks"ga kulib boqdi. 


U-9 2015 yillar

1/2 final

24 mart

"Feniks" - "Zarafshon Progress" 6:0

BO'SM-16 - "Kimyogar" 1:3

25 mart 

3-o'rinlar uchun 

"Zarafshon Progress" - BO'SM-16 1:4

Final

"Feniks"  - Kimyogar 2:0


U-10 yosh toifasida esa bronza medallari "Future Stars" va "Feniks" qo'lga kiritdi.  CHempionlik "Uychi  2 SM" jamoasiga nasib qildi. Ular finalda "Yosh Gvardiya"dan ustun kelishdi, 2:0. 


U-10 2014 yillar

24 mart 1/2 final 

"Feniks" - "Yosh Gvardiya" 5:5 (penaltilar seriyasida 4:5)

"Uychi 2 SM" - "Future Stars" 3:0

1/2 final 5-8-o'rinlar uchun 

"Goleador" - "Istiqlol BFK" 5:5 (penaltilar seriyasida 0:2)

"BFK Aziya" - "Qizilqum Kids" 2:2 (penaltilar seriyasi 2:3)

 25 mart 

3-o'rinlar uchun 

"Future Stars" - "Feniks" 2:3

Final 

"Yosh Gvardiya" - "Uychi SM 2" 0:2


Aytish mumkinki, final uchrashuviga o'z vaqtida Dilmurod Nazarov bilan bir safda to'p tepgan Yorqin Nazarov, SHuhrat Maqsudov, Pavel Bugalo, Jafar Irismetov va futbolchining farzandlari tashrif buyurdi va bolalarga kelajakda omad tilab, o'z maslahatlarini berishdi. 




Yorqin Nazarov - Avvalambor turnirning barcha tashkilotchilariga katta rahmat aytaman. Dilmurodni xotirlab shunday musobaqa o'tkazishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Turnirni boshlab oldik. Endi har yili ananaviy tarzda o'tkazishni niyat qilganmiz. Yosh futbolchilarimizga omad tilayman. Hammalari yaxshi inson va terma jamoa bayrog'ini yuqoriga ko'taradigan futbolchi bo'lib bo'lib etishishsin.

SHuhrat Maqsudov - Juda ham xayrli ishga qo'l urishdi. Tashkilotchilarga katta rahmat. Dilmurod haqida faqat iliq fikr bildirishim mumkin. Dilmurod nafaqat futbolda, balki tennis, shaxmat istalgan musobaqada yutqazishni yoqtirmasdi. Maydonda jangchi edi. Joyi jannatdan bo'lsin. Turnirga kelsak, bunday musobaqalar selekcionerlar uchun yaxshi imkoniyat. Aslida selekciyani har yili, har kuni olib borish kerak.  "Navro'z Kubogi" tashkiliy tomonlama ham ajoyib o'tganiga guvoh bo'ldik. Bu yo'lda mehnat qilganlarga rahmat aytaman. Sog'-salomat bo'lishsin.  



"Feniks" jamoasi "Navro'z Kubogi-2024" musobaqasining bronza medallari bilan taqdirlandi



"Future Stars" jamoasi "Navro'z Kubogi-2014" turnirining bronza medallari bilan taqdirlandi



"Yosh Gvardiya" jamoasi "Navro'z Kubogi-2024" musobaqasining kumush medallariga ega chiqdi 



Namanganning "Uychi SM 2" jamoasi 2014 yillar yosh toifasida "Navro'z Kubogi-2024" turnirida chempionlikni qo'lga kiritdi.


26-28 mart kunlari "Lokomotiv" akademiyasi maydonlarida 2012 va 2013 yil yosh toifasida "Navro'z Kubogi" musobaqasi davom ettirildi. 2012 yillar o'rtasida TFA jamoasi finalda "BFK Aziya" jamoasidan ustun keldi va chempionlikni qo'lga kiritdi. "Yosh Gvardiya" va "Feniks" jamoalari esa turnirni uchinchi o'rinda yakunladi. 

2013 yillarni o'z ichiga olgan turnirda "Feniks" g'oliblikni qo'lga kiritdi. Ular hal qiluvchi bahsda "Uychi SM2" jamoasidan ustun kelishdi. "Zarafshon Progress" va "Umid" uchinchi o'rinni egalladi. Quyida barcha natijalar bilan tanishing: 


NAVRO'Z KUBOGI-2024

Lokomotiv FA stadioni.

2012 yillar

26 mart, 1/2 final chempionlik

"BFK Aziya" - "Feniks"  1:1 (2:1)

TFA - "Yosh Gvardiya" 4:0

1/2 final 5-8 - o'rinlar uchun

"Lochin" - "Lokomotiv" 0:2 

"Dinamo" - "Lokomotiv BFK" 0:4

7-8 - o'rinlar uchun. 

"Dinamo" - "Lochin" =/-

5-6 - o'rinlar uchun.

"Lokomotiv" - "Lokomotiv" BFK -/+

3-o'rin uchun. 

"Yosh Gvardiya" - "Feniks" 0:2

Final 

"BFK Aziya" - TFA 1:3



"Yosh Gvardiya" jamoasi "Navro'z Kubogi-2024" turnirini bronza medallari bilan yakunladi. 



"BFK Aziya" jamoasi "Navro'z Kubogi-2024" musobaqasining kumush medali bilan taqdirlandi. 



"Navro'z Kubogi-2024" musobaqasining 2012 yillar o'rtasidagi chempioni - TFA jamoasi. 


 2013 yillar

1/2 final chempionlik

"Uychi SM-2" - "Umid" 2:0 

"Zarafshon" - "Feniks" 1:4

1/2 final 5-8 - o'rinlar uchun

"Paxtakor Junior" - "Paxtakor Junior O'" 4:0

"Progress" - "Umid Junior" 0:6

7-8 - o'rinlar uchun.

"Paxtakor Junior O'" - "Progress" 1:3

5-6 - o'rinlar uchun. 

"Paxtako Junior" -  "Umid Junior" -/+

3-o'rin uchun. 

"Zarafshon" - "Umid" 1:1 (3:2)

Final

"Feniks"- "Uychi SM2" 3:2



Navoiyning "Zarafshon Progress" jamoasi "Navro'z Kubogi-2024" musobaqasining bronza medallari sovrindori bo'ldi. 



Namanganning "Umid" jamoasi "Navro'z Kubogi-2024" turnirining bronza medallariga ega chiqdi. 



Namanganning "Uychi SM 2" jamoasi "Navro'z Kubogi-2024" turnirining kumush medallari bilan taqdirlandi.



"Navro'z Kubogi-2024" musobaqasining 2013 yil yosh toifasidagi chempioni -  "Feniks" jamoasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика