Mbappe "Yuve"ga qarshi o'yinda qabul qilgan qarorlar Neymarning jahlini chiqardi
09 sen 2022 17:15
Yangiliklar
Mbappe "Yuve"ga qarshi o'yinda qabul qilgan qarorlar Neymarning jahlini chiqardi
Kilian Mbappe va Neymar "Yuventus" bilan o'yindan so'ng hujumda qanday harakat qilayotganliklari haqida gaplashishdi.
"L’Équipe" nashri xabariga ko'ra, Neymar Mbappening CHempionlar Ligasi guruh bosqichidan o'rin olgan PSJ – "Yuventus" (2:1) o'yinida qabul qilgan qarorlari tufayli g'azablangan.
Braziliyalik futbolchi shunchalik norozi ediki, klubning matbuot anjumanida ishtirok etishni xohlaysizmi, degan savoliga hujumchi shunday dedi: "Ishonchingiz komilmi? Aniqmi? CHunki bugun jurnalistlar bilan gaplashsam, bu muammolar tug'diradi!"
Mbappe jarima maydonchasiga yorib kirib, o'tkir burchakdan darvozaga zarba yo'lladi, o'sha paytda Neymar uzoq ustunda yolg'iz turgandi. O'shanda Kilian o'zi zarba berdi va mo'ljalni aniq olmadi. Bu epizod braziliyalikning jahlini chiqardi.
"L’Équipe" xabariga ko'ra, Neymar va Mbappe o'yindan so'ng uchrashib, muayyan vaziyatlarda bir-birlariga pas berishmagani haqida gaplashishgan.
Avvalroq Mbappe PSJning penalti tepuvchi asosiy futbolchisi etib tayinlangani uchun futbolchilar o'rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgani aytilgandi. Neymar bu bo'yicha Kristof Galte tanqid qilingan ikkita tvitga "layk" bosgan, biroq o'shanda masala hal qilingandi.
Malumot uchun, "Yuventus" bilan o'yinda dublga erishgan franciyalik futbolchi gollaridan birini Neymarning uzatmasidan so'ng urdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar