Mbappe Polshaga qarshi o'yindan keyin jarimaga tortildi
05 dek 2022 01:02
Yangiliklar
Mbappe Polshaga qarshi o'yindan keyin jarimaga tortildi
Franciyalik futbolchi Kilian Mbappe mundial reglamentini buzgani uchun pul to'laydi.
Kilian Mbappe Jahon chempionati doirasida Franciya - Polsha uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi sovrinni qo'lga kiritdi va reglamentga ko'ra, matbuot anjumanida ishtirok etishi kerak edi. Biroq Mbappe bunga rad javobini berdi.
"Men turnirga etiborimni qaratishim lozim. Bir narsaga etibor qaratganimda, boshqa narsaga kuch sarflashni istamayman. SHu bois matbuot anjumaniga borishni xohlamadim. Jarimani o'zim to'layman. Federaciya futbolchilarning shaxsiy qarorlari uchun pul to'lamasligi kerak", - dedi Mbappe.
Eslatib o'tamiz, Franciya jahon chempionatining 1/8 final bosqichida Polshani 3:1 hisobida mag'lub etgandi. Kilian Mbappe ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar