Mbappe: "Men Jahon chempionatiga "Oltin to'p" yoki "Oltin butsa" uchun kelganim yo'q"
05 dek 2022 13:11
Yangiliklar
Mbappe: "Men Jahon chempionatiga "Oltin to'p" yoki "Oltin butsa" uchun kelganim yo'q"
Franciya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Polsha ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (3:1) fikrlarini bildirdi.
Hujumchi bahsda dubl qayd etdi.
"Men bu erga Jahon chempionatini yutish uchun kelganman. "Oltin to'p" yoki "Oltin butsa"ni qo'lga kiritish uchun kelganim yo'q. Agar bu sovrinlarni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lsam, albatta, xursand bo'laman, lekin aynan shuning uchun bu erda emasman. Men g'alaba qozonish va Franciya terma jamoasiga yordam berish uchun shu erdaman", – dedi Mbappe "Sky Sports"ga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Franciyaning 1/4 finaldagi raqibi Angliya bo'ladi. Bahs 10 dekabrga belgilangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar