So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  1 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  0 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

“Maydonda maksimal darajada kuchimizni sarflaymiz, bizda ishonch bor” - Doniyor Abdumannopov “Surxon”ga qarshi o'yin, chiroyli gol va Superkubok haqida Yangiliklar

“Maydonda maksimal darajada kuchimizni sarflaymiz, bizda ishonch bor” - Doniyor Abdumannopov “Surxon”ga qarshi o'yin, chiroyli gol va Superkubok haqida

“Andijon” Superliganing 11-turida o'z maydonida “Surxon”ni qabul qildi va irodali tarzda 2:1 hisobi bilan raqibidan ustun keldi.

Ushbu uchrashuvda Doniyor Abdumannopov jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi va u ajoyib tarzda raqib darvozasini ishg'ol qildi. 

Doniyor Abdumannopov klub matbuot xizmatining bir qator savollariga javob berdi.

- “Andijon” “Surxon”ga qarshi uchrashuvda muxlislarini quvontira oldi. Ushbu bahs haqida fikringiz qanday?

- Qiyin o'yin o'tkazdik. “Surxon” yaxshi jamoa va yaxshi harakat qildi. Uchrashuvda ancha qiynaldik. Birinchi taymda bir qator epizodlarda boy berdik. Goldan keyin biroz ruhiy tushkunlik bo'ldi. Birinchi taymdan so'ng tanaffus chog'ida murabbiydan kerakli ko'rsatmalarni oldik, o'yin o'zgardi. Xudoga shukr, qiyin vaziyatdan chiqib ketdik va g'alaba qozondik. G'alabani ko'pchilik kutgandi, o'zimiz ham. Bungacha ham harakat qildik, biroq o'xshamadi. Shu bois mag'lubiyatlarga uchradik. Bu safar esa yutdik, Xudoga shukr, muxlislarimiz oldida yuzimiz yorug' bo'ldi. Yutadigan paytimiz kelgandi. Bu cho'zilib ketgandi. Ishqibozlarimizga doim bizni qo'llab-quvvatlab turishgani uchun rahmat

- Jamoamiz uchun uchrashuv noqulay boshlandi va dastlabki daqiqalarda gol o'tkazdi. Nima uchun bunday boshlandi, deb o'ylaysiz?

- O'yinga qo'shilib, moslashguningizga qadar biroz tushunarsiz bo'ladi. Moslashganingizdan keyin bir xil temda bo'ladi. Shungacha bo'lgan vaziyatda gol o'tkazib yubordik. Natijada biroz ruhiy tushkunlik bo'ldi. 

- Ikkinchi taymni jamoa ajoyib boshladi va birin-ketin ikkita gol urdi. Tanaffusdan so'ng mana shunday burilishni qanchalik kutgandingiz?

- Birinchi taymdan keyin barcha yigitlar bilan o'zimizni qo'limizdaligini bilib, Qanaqa vaziyatdaligimizni tushunib turgandik. Orqaga yo'l yo'q, yo'qotadigan narsamiz qolmagandi, faqat yutish kerak edi. Jamoani qiyin vaziyatdan olib chiqish lozim edi. Shunga yarasha harakat qildik va Xudoim ham berdi

- Chiroyli golingizga qanday tarif bergan berasiz?

- Kuzatgan bo'lsangiz, undan oldingi uchrashuvlarda ham darvozalarga ko'p zarba berdim. Darvoza ustunlariga to'p tegayotgandi. Bu safar gol urdim. O'zimga ham yoqdi.

- Chiroyli gollaringiz orasida nechanchi o'ringa qo'ygan bo'lardingiz?

- Bunisini bilmadim. Bundan chiroyli gollar urishga harakat qilaman.

- Oldinda 27 may kuni “Andijon”ni “Nasaf”ga qarshi Superkubok o'yini kutib turibdi. Bo'lajak jiddiy uchrashuv oldidan nima deya olasiz?

- Yana Superkubokda o'ynaymizmi-yo'qmi, Xudo biladi. Maksimal darajada maydonda bor kuchimizni sarflaymiz. Ortga yo'l yo'q. Maydonga chiqib, jonimizni beramiz. Qolgani Xudodan. Bizda yaxshi kollektiv bor. Hamma narsa zo'r. Tiklanishni bajaramiz. Maydonga chiqamiz, g'alaba uchun oxirigacha kurashamiz. Boshqa variant ko'rmayapman. Muhimi, bizda ishonch bor, Xudo xohlasa, yutamiz!

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика