So’nggi yangiliklar

20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  0 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  1 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  5 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  4 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  8 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  17 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  3 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  2 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  6 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  3 15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  5 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0

Maydon atrofidagi voqealar "Navbahor"ning ichki muhitiga tasir qilyaptimi yoxud Rahimjon Davronov sabrli bo'lishga chaqirdi Yangiliklar

Maydon atrofidagi voqealar "Navbahor"ning ichki muhitiga tasir qilyaptimi yoxud Rahimjon Davronov sabrli bo'lishga chaqirdi

Xabaringiz bor, so'nggi vaqtlarda Namanganning "Navbahor" jamoasi atrofida bo'layotgan voqealar ko'pchilikning etiborida bo'lib turibdi.

"Paxtakor" bilan o'yindan keyingi holatlar, yuzaga kelgan ziddiyatlar malum bir manoda maydon ichiga ham o'z tasirini o'tkazishi mumkin. Futbolda oldindan aniqki ko'p hollarda biror jamoaning natijalari, mag'lubiyatlari yoki yutuqlari maydon tashqarisidagi ishlarga ham bog'liq bo'ladi. Xo'sh ayni kunlarda yuz berayotgan xodisalar "Navbahor"ning natijalariga ham tasir qilyaptimi? SHu va boshqa savollarga javob olish maqsadida "lochinlar"ning darvozaboni Rahimjon Davronovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Qishki transferlar vaqtida "Navbahor"ga ko'chib o'tdingiz. Lekin hali maydonga tushganingiz yo'q...

- Assalomu aleykum. Avvalambor barcha yurtdoshlarimizni kirib kelgan ramazon oyi bilan tabriklayman. To'g'ri takidladingiz hali debyutimni nishonlash nasib qilmadi. Yangi jamoaga kelib birdaniga o'ynab keta olmaysiz. Malum bir fursat zarur. Hamma narsani o'z vaqti soati bor. O'ylaymanki hali hammasi oldinda. Mavsum uzoq davom etadi. Qolaversa kubok bahslari bor. SHuning uchun xavotirga tushayotganim yo'q. 

- Namangan jamoasiga o'tish xato qaror bo'ldi, deb o'ylaysizmi?

- "Navbahor"ga o'tish huquqi menda emasdi. Qonunan "Mashal"ga tegishli edim. Klub meni transfer qildi. Umuman olganda jamoadan ketishni o'ylamayapman. 

- Mavsum boshlangandan beri eng ko'p voqelik "Navbahor"da yuz berdi. Dastlab murabbiy o'zgardi. "Paxtakor" bilan o'yindan so'ng mojarolar yuzaga keldi. Bunday pallada to'p tepayotgan futbolchilarga qanchalik qiyin? 

- Maydon atrofidagi ishlar futbolchilarga hech qanday halaqit berayotgani yo'q. CHunki jamoada professional o'yinchilar jamlangan. Qaysidir manoda oz bo'lsada qiyinchilik tug'dirishi mumkin. Ammo jiddiy yoki vahimali muammo keltirib chiqarmaydi.

- Jamoaning qayd etayotgan natijalarining asl sababi ham shundami? Balki muvaffaqiyat yo'lida biroz sabrliroq bo'lish kerakdir...

- To'g'ri. Natija har doim o'z-o'zidan darhol kelib qolmaydi. Sabrli bo'lib birgalikda mehnat qilsak natija ham keladi. Har qanday muvaffaqiyatning tagida katta mehnat yotadi. SHunday ekan astoydil ishlashda davom etamiz.

- Odatda natijalar yaxshi bo'lmagan holatlarda klubda ichki muhiti ham yomonlashadi. Sizningcha ichki muhitdagi vaziyat faqat natijaga bog'liqmi?

- Natija bo'lmagandan keyin qandaydir holatlar uchrab turadi. Biroq ichki muhitga natijalarning tasiri jiddiy bo'lmaydi. Ayni paytda jamoamizda vaziyat yaxshi. "Mashal"dan kelgan ilk kunlarimdanoq barcha futbolchilar bilan til topishib ketdim. Mavsum yaqinda boshlandi. Vaqt o'tgani sari bir-birimizni yanada yaxshiroq tushunib boramiz. 

- Navbatdagi ikki uy uchrashuvini jamoa muxlislarsiz o'tkazishga majbur...

- Muxlislarsiz juda qiyin bo'ladi. Bu erga kelib ishqibozlarning o'rni futbolda naqadar muhim ekanligini ko'rdim. Nasib qilsa qolgan uchrashuvlarda bizni doimgidek faol qo'llab-quvvatlab turishadi.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика