So’nggi yangiliklar

17:00Сиаваш Ҳақназари: "Бугун очиқ ва ҳужумкор футбол гувоҳи бўламиз"  3 16:37"Манчестер Юнайтед" Франция терма жамоаси ҳужумчисига қизиқмоқда  2 16:22ЖЧ-2026 саралаши. Австралия иродали ғалабага эришди   1 15:10"Манчестер Сити" Эдерсонга ўринбосар топди  0 14:29"Байер" Вирцни қўйиб юбормоқчи эмас  0 14:00Али Дайининг бенефиси, Абрамовнинг охирги бекати ва "Озоди"даги ягона ғалаба. Эрон билан аввалги ўйинларда қандай натижалар қайд этилган?  43 13:50Милан Шкриньяр қишдаёқ ПСЖдан кетиши мумкин  0 13:31"Персеполис" клуби бугун Ўзбекистон - Эрон учрашувида майдонга тушадиган футболчини судга берди  0 13:13Юсупов 2400 километрни машинада босиб ўтди, Ҳиндистон клуби мусобақадан четлатилди, Тожикистон клуби 2 кун энг тинч мамлакатлардан бири Эронда қолиб кетди...  6 12:39"Ювентус"дагилар Погба клубдан кетишини тасдиқлашди  0 12:20Роналду "Ал Насср" раҳбарлари билан учрашди  7 11:58Бобоси томонидан исми ўзгартирилган, волейбол терма жамоасига чақирилган ҳамда ўзбекистонлик мутахассис кашф этган Сардор Азмун билан яқиндан танишамиз  2 11:38Ўзбекистон терма жамоасининг Эрон билан ўйин учун тахминий таркиби  27 11:23"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 11 ёшли Сойибов Комроншоҳ  0 10:58"Реал Мадрид"нинг келаси ёздаги асосий трансфер мақсади маълум  2

Mavsumning eng omadsiz transferlari Yangiliklar

Mavsumning eng omadsiz transferlari

Teglar :  Omadsiz transferlar
Bugun siz bilan mavsumning eng omadsiz transferlari haqida gaplashamiz.

Diego Kostadan kuchli emas: Alvaro Morata (Ispaniya)
Transfer: “Real”dan “CHelsi”ga 66 mln evro evaziga
Morataning Londondagi mavsumini baholash uchun futbolchi transfer narxi va uning oldiga qo'yilgan vazifalarni inobatga olish zarur. Mavsum omadsiz bo'lganini Alvaroning o'zi ham tan olib turibdi. Diego Kosta tarkibda borligida “ko'klar” chempion bo'lishgan edi. Boshqa bir ispan bilan esa bor yo'g'i 5-pog'onani zabt etishdi. Bu ham etmaganidek, CHempionlar Ligasiga yo'llanmani ham qo'lga kirita olganlari yo'q. Morata mavsum davomida 15ta (ularning 11tasi chempionatda) gol urishga muvaffaq bo'ldi. Etiborli tomoni shundaki, oktyabr oyidan buyon (yani 8 oyda) forvard 8ta gol urdi. Ha, orada malum muddat Alvaroga jarohat to'siq bo'lgandir, ammo hujumchining o'ta qulay vaziyatlardagi noaniq zarbalarini ham ko'pchilik yaxshi eslaydi. O'sha pallalarda Morataga hech nima halaqit qilmayotgandi axir. “CHelsi”dagi omadsiz mavsumning yakunida futbolchi Ispaniya termasining JCH uchun tarkibiga kiritilmadi.


“Gudison”dagi omadsizlik: Devi Klassen (Gollandiya)
Transfer: “Ayaks”dan “Everton” 27 mln evro evaziga
“Everton” yoqib qolgan futbolchi narxi borasida ortiqcha talashib o'tirmaydi, ammo ko'pincha transfer bozoridagi “o'q nishonga tegmasligi” sabab, jamoa top-klublar davrasiga hech ham qo'shila olmaydi. Angliyada mersisaydliklarga hattoki “transfer bozori qirollari” deb nom berishgan. Klassen “Ayaks” etakchisi va Gollandiya chempionatining eng aqlli futbolchilaridan biri sifatida Angliya klubiga taklif qilingandi, “Liverpul”da esa... Yaratuvchanlik va aql bilan futbol – juda yaxshi, ammo kurashlarga boy, katta kuch talab qiladigan APLda Devi o'zini ko'rsata olmadi. Natijada esa futbolchi mavsum davomida bor yo'g'i 3 bor asosiy tarkibda tushdi. Hafsalasi pir bo'lgan “Everton” shu yozdayoq futbolchidan qutilish niyatida.


“Yangi Ronaldu” faqat gollari yo'q: Andre Silva (Portugaliya)
Transfer: “Portu”dan “Milan”ga 38 mln evro evaziga
Orzularimiz osmon edi-ku axir... Andre Silvani sotishdan oldin yaxshigina “reklama” qilishdi. Lekin u chindan top-forvard bo'lganda, tushunarsizroq vaziyatdagi “Milan”ga emas, kuchliroq klubga o'tgan bo'lardi. SHu o'rinda, o'tgan yoz “rossonerilar” ko'pchilikni etiborini tortib, qiziq transferlarga qo'l urishgandi. Nima bo'lganda ham, portugaliyalikning Italiyadagi birinchi mavsumi “o'xshamadi”: asosiy tarkibdagi o'rnini bazan 20 yoshli Patrik Kutronega boy berib qo'ydi va A Seriyada bor yo'g'i ikkita gol urdi. Evropa Ligasida ham futbolchi bir nechta gol urishga erishdi. Biroq, bu vaziyatni keskin o'zgartirmasligi tushunarli edi.



“CHelsi”ning eng yomon futbolchisi: 
Temu Bakayoko (Franciya)
Transfer: 
“Monako”dan “CHelsi”ga 40 mln evro.
“Monako”dan APLga ketib, omadi chopmagan yana bir futbolchi. Bakayoko vaziyatida jarohat yoki boshqa sabablar halal qilmagandi. Muxlislarning aytishiga ko'ra, shunchaki “Stemford Brij”ga haqiqiy Bakayokoni jo'natishmagan. “CHelsi” muxlislari Temu o'yinidan noroziliklarini yashirib o'tirishmadi. Ekspertlar esa tanqid uchun qulay nishon sifatida yarim himoyachidan foydalanishdi. Bakayoko esa bunga javoban o'yindan-o'yinga tushunarsiz harakat qilaverardi. Albatta, yoshini inobatga olgan holda, futbolchi hali “CHelsi”ning o'zidayoq tanqidlarga javob berishi mumkin. Bu ham etmaganidek, yangi murabbiy qo'l ostida Bakoyoko ham boshqacha o'ynay boshlashi hech gap emas. Lekin mish-mishlarga qaraganda, “aristokratlar” shu yozdayoq Temuga chiqish eshiklarini ko'rsatishga qarshimaslar.


Vaziyat qurboni: Benjamen Mendi (Franciya)
Transfer: “Monako”dan “Manchester Siti”ga 57.5 mln evro evaziga
Quvnoq futbolchi Mendi Angliya chempioni bo'ldi, ammo “Manchester Siti” tarkibida u mavsumda deyarli maydonga tushmadi (mavsum davomida 7 o'yin). Barchasiga jarohat sabab bo'ldi. 364 daqiqa — aynan shuncha vaqt davomida Mendi maydonda to'p tepdi. Ammo bu vaziyatda klub vakillari yoki futbolchiga etiroz bo'lishi mumkin emas. Bu hayot. Og'ir jarohat sabab transfer birinchi mavsumda kutilgan natijani bermadi. Qayd etish lozim, “Siti”ning “Liverpul”ni 5:0 hisobida enggan uchrashuvida Mendi maydonda edi, qolganlarida esa “shaharliklar” francuzsiz mag'lub bo'lishdi. Transferga sarflangan 57.5 mln evro hali o'zini oqlamadi, ammo kelasi mavsumlarda Benjamen jamoaga hali ko'p foyda keltirishiga ishonib qolamiz.


Bir jangchi urushda g'alaba qozona olmaydi: Leonardo Bonuchchi (Italiya)
Transfer: “Yuventus”dan “Milan”ga 42 mln evro evaziga
Ortda qolgan mavsumda “Milan” A Seriyada nechta gol o'tkazib yuborganidan xabaringiz bormi? 42 ta — aynan shuncha millionni klub Bonuchchi transferiga sarflagandi. Italiyaning eng yaxshi himoyachilaridan biri, Turindan tashqarida, uzoq yillik do'stlarisiz, o'z atrofida kuchli jamoa tuza olmadi. Bazi vaziyatlarda esa uning o'zi yosh bolalarcha xatolarga yo'l qo'ydi. Leo bilan birga “rossonerilar” himoyada “o'q o'tmas” qalqon sotib olayotgandek edilar, ammo... Ammo Bonuchchi ham bazan xatolarga yo'l qo'yadigan oddiy odam bo'lib chiqdi.



Tushunarsiz birinchi mavsum: Usmon Dembele (Franciya)
Transfer: “Borussiya”dan “Barselona”ga 115 mln evro evaziga
Hammasiga jarohat sabab? Ha. Ulkan iqtidor egasi? Ortiqcha bahslashishga o'rin yo'q. Keyingi mavsumda o'zini ko'rsatadi? Bo'lsa bordir. Ammo keling kelajakda nima bo'lishi mumkinligini emas, bugungi vaziyat haqida gaplashamiz. 115 million evrolik futbolchi, qisman bo'lsa ham, Neymarni o'rnini bosa oldimi? Yo'q. Kataloniyaliklar Usmon uchun sarflangan juda katta mablag' foydasini hali ko'rishmadi, bu yuz beradimi? Bunga yana bir-ikki mavsumdan keyin javob olamiz. Kim biladi deysiz, balki Dembele transferi o'n yillikning eng yaxshisi sifatida etirof etilar, biroq hozir vaziyat biroz boshqacharoq.


Soccer.ru saytidan Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика