Matyo: "Barselona"ga o'tishni istamagandim"
04 apr 2021 17:35
Yangiliklar
Matyo: "Barselona"ga o'tishni istamagandim"
"Barselona"ga o'tishni istamagandim. O'shanda "Valensiya"ning sardori edim, hayotdan zavq olayotgandim. O'zimga savol bergandim: "Barselona" zaxirasini to'ldirish uchun boramanmi?
Taklif olganimda klubdagilarga yangi shartnoma tayyorlashini so'radim. Unda men "Valensiya"da olayotgan maoshim va "Barselona" taklif qilgan maoshning qoq o'rtasidagi raqamni aytdim. Qo'limga soxta shartnoma olib klub sport direktori Fransisko Rufetega yuzlandim: "Agarda siz ham menga shunday maosh taklif qilsangiz, jamoada qolaman", dedim. U bu muammo bo'lmasligini aytdi.
Klub prezidenti Amadeo Salvo bilan ko'rishdik, ammo u bunday maosh to'lay olmasligini aytdi. Rufete ham buni aqliga sig'dira olmayotgandi. Men ham soxta shartnomani yirtib tashlab, ketishim kerakligini aytganman", - dedi Matyo.
Fikrlar