So’nggi yangiliklar

21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  3 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   1 20:24"Хайденхайм" — "Бавария". Таркиблар маълум  0 20:19"Астон Вилла" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  4 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:29"Вильярреал" — "Барселона". Таркиблар маълум  55 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  14 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  4 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  1 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2

"Matraschilar" LaLigadagi intrigani qaytara oladimi? "Barselona" - "Atletiko" (prevyu) Yangiliklar

"Matraschilar" LaLigadagi intrigani qaytara oladimi? "Barselona" - "Atletiko" (prevyu)

Bugun LaLigada chempionlik masalasi deyarli hal bo'lishi mumkin.

6 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 23:45da "Kamp Nou" stadionida "Barselona" hamda "Atletiko" o'rtasida LaLiganing 31-tur uchrashuviga start beriladi. Ayni damda turnir jadvalida 70 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan Kataloniya klubi 62 ochko bilan 2-o'rinda ketayotgan madridliklarni mag'lub etsa, chempionlik masalasi deyarli hal bo'ladi. Agar "matraschilar" mehmonda g'alabaga erishsa Ispaniya chempionatiga intriga qaytishi mumkin.

Tarkib

"Barselona" safida 4 futbolchi maydonga tusha olmaydi. Rafinya va Usmon Dembele jarohat tufayli uchrashuvda qatnashmaydi. Arturo Vidal sariq kartochkalar ko'payib ketgani sababli bahsda ishtirok etmaydi. Yasper Sillessen jarohatini davolashda davom etmoqda.

"Atletiko" safida jarohat olgan asosiy tarkib futbolchilari ko'proq. Lukas Ernandes, Toma Lemar va Alvaro Morata jarohat tufayli maydonga tushmaydi. Diego Kostaning bahsda ishtirok etishi so'roq ostida.

Taxminiy tarkiblar

"Barselona": Ter SHtegen, Alba, Langle, Pike, Roberto, Artur, Buskets, Rakitich, Koutino, Suares, Messi.

"Atletiko": Oblak, Filipe Luis, Godin, Ximenes, Arias, Koke, Rodrigo, Tomas, Saul, Diego Kosta, Grizmann.


Qiziqarli faktlar

- "Barselona" LaLiga doirasida o'tkazgan so'nggi 18ta uchrashuvida mag'lub bo'lmadi

- Kataloniya klubi "Atletiko"ga qarshi o'tkazgan oxirgi 18ta uy o'yinida "Atletiko"ga yutqazmagan

- "Atletiko" LaLigada o'tkazgan so'nggi 7ta uchrashuvning 6tasida darvozasini quruq saqlashga muvaffaq bo'ldi

- "Barselona" uyida o'tkazgan so'nggi 11ta o'yinning 10tasida kamida 2tadan gol urdi (LaLiga)

- "Atletiko" LaLigadagi so'nggi 7ta o'yinining 6tasida g'alabaga erishdi



Murabbiylar fikrlariErnesto Valverde: "Manchester Yunayted"ga qarshi bahs haqida o'ylamayapman. CHempionlar ligasiga tayyorgarlik ko'rishning eng yaxshi yo'li - "Atletiko"ni mag'lub etish. Bu uchrashuvdagi 3 ochko ikkala jamoa uchun juda muhim ekanligini yaxshi bilamiz. O'rtadagi farq yanada yiriklashishi mumkin, ammo bu chempionlik uchun kurash yakunlanganini anglatmaydi. "Atletiko" esa o'rtadagi farqni qisqartirishi mumkin. Ko'pchilik chempionat yanvarda yakunlanganini aytgan edi, endi esa intriga qaytishi mumkinligidan hayron bo'lishmoqda. Maqsadimiz - g'alaba. Bizni durang qoniqtirmaydi. Bu bahsda "Atletiko" qanday uslubda o'ynashini bilmaymiz. Ushbu uchrashuvda Vidalning foydasi tegishi mumkin edi, ammo u sariq kartochkalar tufayli maydonga tusha olmaydi. Morata? Ha, qishda uning nomini turli klublar bilan bog'lashdi, ammo u "Atletiko"ni tanladi" - deydi Valverde.

Diego Sieone: "CHempionatda hech qachon "Barselona"ni mag'lub etmaganman, biroq optimistik ruxdaman. Keyingi bahslarda zafar quchmasak, "Barselona" ustidan qozonilgan g'alaba hech narsa bermasligini tushunishimiz lozim. Kataloniya klubidan qo'rqmaymiz, biroq ularni juda hurmat qilamiz. Raqib murabbiyining ishidan hayratlandim. O'tgan mavsum Kataloniya klubi Rimda mag'lub bo'lgan edi, bu yil shunday ish biz bilan Turinda bo'ldi. Hozir "Barselona" chorak finalda, ligada chempion bo'lishga yaqin, Kubok finaliga chiqishdi. Mavsumni juda yaxshi o'tkazishyapti, ammo bor etiborim ertangi o'yinga qaratilgan. "Barselona" bilan farqimiz sakkiz ochko bo'la turib, chempionlik uchun kurashyapmiz desam noto'g'ri bo'ladi. G'alaba bizni ularga yaqinlashtiradi. So'nggi yillarda "Barselona"ning asosiy raqibiga aylanib qoldik va bundan faxrlanamiz. 

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика