So’nggi yangiliklar

08:51“Пахтакор“ “Бухоро“ни йирик ҳисобда мағлуб этган баҳсдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:23Sofascore. “Ризеспор“ мағлуб бўлган баҳсда Алиқулов неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:56ОФК Чақирув кубоги. Қўшниларимиз бош совринга эга чиқишди  4 07:25Мессининг голи ҳам “Интер Майами“га йирик мағлубиятдан қутилиб қолишга ёрдам бермади  5 01:59ЛаЛига. "Атлетико" Сорлотнинг 23 дақиқадаги покери эвазига йирик ғалаба қайд этди  1 01:18Муҳаммад Салоҳ: "Буни ҳеч ким кутмаганди"  4 00:44Камолиддин Тожиев: "Морейра штабида ишлашим керак бўлганди"  15 00:09Илёс Зейтуллаев: "Қаршида "Насаф"дан очко олиш кўп нарсаларни англатади"  2 23:57Улуғбек Бакаев: "6:0 ҳисобида мағлуб бўлиш жуда оғриқли"  14 23:38Бундеслига. "Бавария" ўз майдонида ишончли ғалабага эришди, Мюллер "Альянц Арена" билан хайрлашди  4 23:18Рўзиқул Бердиев: "Насаф" ҳозир шу даражага етди-ки, дуранг ҳам ранжитяпти"  29 23:05Суперлига. ОКМКда камбек, "Пахтакор" йирик ҳисобда ғалаба қозонди, "Насаф" эса сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди  0 22:58А Серия. "Ювентус" Римда 90+6-дақиқада ғалабани қўлдан чиқарди  18 22:40"Барселона" вингери: "Флик жамоани қандай қилиб бирлаштириш ва салоҳиятимизни очишни билади"  5 22:11Суперлига. Бир неча етакчисиз майдонга тушган "Пахтакор" "Бухоро"ни тор-мор этди  69

Masud Toirov: "Mirxoldirshaev, Xolmurodov, Irismetov, Geynrix o'sha davrning eng kuchli hujumchilari edi" Yangiliklar

Masud Toirov: "Mirxoldirshaev, Xolmurodov, Irismetov, Geynrix o'sha davrning eng kuchli hujumchilari edi"

"Neftchi" muxlislar klubi jamoaning faxriy futbolchilari bilan onlayn muloqot tashkil etishni davom ettirmoqda.

Xususan, navbatdagi muloqot ishtirokchisi jamoaning taniqli sobiq futbolchisi Masud Toirov bo'ldi. Muxlislar bilan tashkil etilgan suhbat jarayoni savol-javob ko'rinishida etiboringizga havola etilmoqda.

- Assalomu alaykum, Masud. Onlayn muloqotimizga xush kelibsiz! Aytingchi, hozirgi kunda nimalar bilan bandsiz?

- Assalomu alaykum. Taklif uchun barchangizga rahmat. Men hozirgi kunda "Surxon" futbol klubida yoshlar jamoasi murabbiylar shtabida ishlab kelyapman.

- "Neftchi" safida o'ynab yurgan kezlaringizda jamoadagi asosiy raqobatdoshlaringiz kim bo'lgan deb hisoblaysiz?

- "Neftchi"da o'ynab yurgan vaqtlarimda raqobatdoshlarim Muhsin Nizomiddinov va Timur Xamidov bo'lgan.

- Jamoaning o'sha vaqtdagi bosh murabbiyi Yuriy Sarkisyandan boshqalardan ko'ra ham ko'proq dakki eshitganingiz rostmi? Uning o'zidan bu haqda so'raganimizda, ko'p harakat qilgan futbolchi vaziyatlarda ko'zga tashlanishi ko'proq bo'ladi deb aytgandi...

- Men o'zimni tezkor himoyachi bo'lganman deb ayta olmayman. Futbolchi maydonda harakat qilishi, kurashishi lozim. Xato qilgan bo'lsak, shunda murabbiy tanbeh bergan bo'lsa, buning yomon joyi yo'q.

- Havodagi kurashlarda qaysi hujumchi sizga qiyinchilik tug'dirgan?

- O'yin vaqtida raqib hujumchilariga gol urishga imkon qoldirmaslik uchun borimizni berib harakat qilardik. Havodagi kurashlarda menga "Nasaf"da o'ynagan hujumchi Zafar Xolmurodov qiyinchilik tug'dirardi. U havodagi kurashlarda boshi bilan juda yaxshi o'ynar edi.

- "Neftchi" jamoasiga sizni akangiz taklif qilganmi?

- Yo'q, jamoaga akam taklif qilmagan. Yuriy Sarkisyanga Xabaev degan murabbiy meni tavsiya qilgan va taklif etgan. U meni avvaldan yaxshi bilardi.

- Siz futbol o'ynagan vaqtlaringizda o'zbek futbolidagi eng kuchli hujumchilar kim edi?

- Men o'ynagan davrda kuchli hujumchilar ko'p edi. Masalan, Igor SHkvriringa qarshi ham o'ynaganman. SHuhrat Mirxoldirshaev, Zafar Xolmurodov, Jafar Irismetov, Aleksandr Geynrix – o'sha davrning eng kuchli hujumchilari. Keyin o'zimizning jamoada Anvar Berdiev va Umid Isoqov bor edi.

- Futboldagi birinchi murabbiyingiz kim bo'lgan?

- Birinchi murabbiyim rahmatli Otaxonov Adham aka bo'lganlar. U kishidan futboldagi dastlabki bilimlarni o'zlashtirganmiz. Keyinchalik Yuriy Vazgenovich ham futbolning qator sir-asrorlarini o'rgatganlar. SHular hozirgi kunga kelib o'z murabbiylik faoliyatimda asqatyapti.

- Birinchi urgan golingizni xotiray olasizmi?

- Ha, albatta kechagidek yodimda. "Neftchi" safida "Do'stlik" bilan o'yinda bosh bilan gol urgandim. Uy stadionimiz tamirlanayotgani tufayli o'shanda Toshloq tumanidagi stadionda o'ynagandik.

- "Paxtakor"ga qarshi o'yinlar har doim boshqacha ruhda o'tardi. Futbolchilarga aynan mana shu jamoaga qarshi o'yinda ikki hissa kuch bilan o'ynashga alohida topshiriq berilarmidi?

- O'sha vaqtda chempionlik uchun kurashadigan asosiy davogarlar "Neftchi" va "Paxtakor" jamoalari edi. Bu jamoaga qarshi alohida ishtiyoq bilan tayyorgarlik ko'rardik. Bejiz ikki jamoa o'rtasidagi o'yinlar "o'zbek klasikosi" deb nom olmagan.

- Sochingizni oldirib futbol o'ynashingiz braziliyalik mashhur futbolchi Roberto Karlosga taqlidmidi?

- Yo'q, bu o'zim istagan imij edi. Bir mavsum shu holatda o'ynaganman. O'shanda ham jurnalistlar shu savolni berishgan. Roberto Karlosga o'xshab o'ynasam, nega Evropada o'ynamayapman deb javob berardim.

- "Neftchi" muxlislariga tilaklaringiz...

- Jamoa muxlislaridan juda ko'p yaxshilik ko'rganman. Hali-xamon menga telefon qilib turishadi. "Neftchi"ga hamisha omad yor bo'lishini tilayman. Fikrimcha, O'zbekistondagi eng kuchli muxlislik vodiyda.

Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика