So’nggi yangiliklar

15:35Ўзбекистон Суперкубоги–2026: Бердиев рекордчи, рўйхатда хорижлик мураббийлар ҳам бор  0 15:25"Имишли" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 14:50Ким Мин Же "Бавария"ни А Серия топ клубига алмаштириши мумкин  1 14:28Ўзбекистон Суперкубоги. Тарихдаги илк учрашув ва қолган тўқнашувларда қандай натижалар қайд этилган? Кимлар майдонга тушган?  2 13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  1 12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  17 12:17Мауро Бразил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  5 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12 11:15"Интер" "Рома" юлдузини трансфер қилмоқчи  1 10:40Расмус Хойлунднинг "Наполи"даги келажаги маълум  1 10:12Спалеттининг "Ювентус"даги келажаги маълум  1 09:43"Ливерпуль" "Реал"дан икки ўйинчини 120 миллион еврога сотиб олиши мумкин — TEAMtalk   12 09:15Моддий манфат йўлида EЧЛ 25 йиллик ҳамкорликдан сўнг "Adidas" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  2 08:46"Агар очколарни йўқотсак, ҳамма нарса тугайди". Гвардиола — "Вест Хэм"га қарши ўйин ҳақида  3 08:20Португалия терма жамоасининг жаҳон чемпионати учун меҳмон либослари суратлари пайдо бўлди  3

"Masharipovning qilgan ishi to'g'ri bo'lmadi, Hojimatga OCHLda omad tilayman, ikkinchi o'rin AGMK uchun tasodif hisoblanmaydi". Dilshod Jo'raev bilan intervyu Yangiliklar

"Masharipovning qilgan ishi to'g'ri bo'lmadi, Hojimatga OCHLda omad tilayman, ikkinchi o'rin AGMK uchun tasodif hisoblanmaydi". Dilshod Jo'raev bilan intervyu

Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK jamoasi birinchi davrani yuqori darajada o'tkazdi.

Birinchi davra mobaynida mag'lubiyat nimaligini bilmagan olmaliqliklar barcha uchrashuvlarda oxirgi daqiqalargacha kurash olib bordi, ayrim bahslarda jamoa o'yin tomonlama maqtana olmagan bo'lsada muhimi natija va oltinga qimmat ochkolar qo'lga kiritdi. Yaqinda jamoaning tajribali futbolchisi himoya va tayanch yarim himoyasida birdek to'p tepa oladigan Dilshod Jo'raevni suhbatga chorladik. 

- AGMK jamoasi joriy mavsumda barqaror o'yin ko'rsatmoqda. Natijalar ham ajoyib. Jamoa hali mag'lubiyatga uchragani yo'q. CHunki, o'tgan mavsumdan beri jamoa yuqori o'rinlar sari mehnat qilib kelmoqda, kurashmoqda. Jamoaning birinchi davradagi yutuqlarida qaysi omillarni sabab sifatida ko'rsata olasiz?

- Birinchi davra biz uchun omadli o'tdi deb o'ylayman. Ushbu yutuqlar zamirida AGMK jamoasi azolarining tinimsiz mehnati yotibdi. Negaki, karantin vaqtida uyda va klub bazasida ikki mahaldan mashg'ulotlarni davom ettirdik. O'z ustimizda ishlashdan to'xtab qolmadik. Muhimi shu vaqtgacha barchamiz yagona maqsad ostida ahil oila bo'lib shakllandik. Mana shu omilla hisobiga muhim uchrashuvlarga yaxshi sport formada etib keldik. Mehnatlarimiz o'z samarasini berayotganidan xursandman. 

- Muxlislar orasida AGMKning ikkinchi o'rinda yurishini tasodif deb o'ylayotganlar etarlicha topiladi. Boisi avvalgi yillarda asosan "Lokomotiv", "Bunyodkor" kabi jamoalar kuchli uchlikni band etib kelayotgandi...

- Hammaning o'z fikri va futbolga bo'lgan qarashi bor. Lekin, men unday fikrda emasman. Rahbariyat tomonidan qaratilayotgan kuchli etibor, murabbiylar shtabi va tarkibimizdagi kuchli futbolchilar sovrinli o'rinlarni egallashga haqlidirlar. Mavsumni sovrindorlar qatorida yakunlash uchun faqat o'z ustimizda tinimsiz ishlashimiz va mehnat qilishdan to'xtamasligimiz zarur. 

- Joriy mavsum boshida qo'shilgan yangi futbolchilar ham jamoani kuchaytirdimi? Sanjar Tursunov, Mate Vatsadez, Bahrom Abdurahimov va boshqalar. O'tgan mavsumga qaraganda bu yil jamoada lider futbolchilar ko'pchilikni tashkil qilmoqda. O'tgan mavsumda etakchilikni qo'liga oladigan futbolchilar kamlik qilgandi... 

- Albatta fikringizga qo'shilaman. Yangi kelgan futbolchilar jamoani kuchaytirishga erishdi. Alohida biror futbolchini ajratib ko'rsata olmayman. Xursand qiladigan jihati jamoadagi barcha futbolchilar o'z darajalarida o'ynamoqda. 

- Hojimat Erkinovning o'rni ikkinchi davrada qay darajada bilinadi?

- Hojimat "Paxtakor"ga qaytdi. Unga OCHLda omad tilab qolaman. Iqtidorli futbolchi, tezligi va driblingi ham zo'r. Agar o'sishdan to'xtab qolmasa Evropa jamoalarida o'ynab keta oladi. SHuningdek terma jamoamizga ham foyda keltiradi. 

- AGMK aksariyat o'yinlarda kichik hisoblarda g'alaba qozondi. Bu AGMKning natijani chiroyli o'yindan ustun qo'yayotganini anglatadimi?

- Superligadagi jamoalarning har biri chiroyli o'yin ko'rsatib g'alaba qozonishni istaydi. Kichik hisoblarda g'alaba qozonayotganimiz bu taktika bilan bog'liq, har bir jamoaning uslubi va taktikasi turlicha bo'ladi. Masalan, Jahon futbolida "Bavariya" yoki "Barselona" jamoalari ham kichik hisobda yutadi va o'zi uchun muhim natijani qo'lga kiritadi. Bunga oddiy qarash kerak. 

- Birinchi davraning yoki yilning eng muhim uchrashuvi sifatida qaralgan "Paxtakor" bilan o'yindan oldin omma AGMKning imkoniyatlarini past baholaganlar, turli mem, hazillar qilishdi. Hususan Jaloliddin Masharipov ham o'zining instagram sahifasida shunga o'xshash post qo'ydi. Lekin, AGMK shu kuni CHeranga ham, Masharipovga ham deyarli imkoniyat bermadi. Futbolchi sifatida siz qanday munosabat bildirasiz?

- "Paxtakor" bilan qiziqarli, shiddat va kurashlarga boy o'yin bo'ldi. Bu kabi to'qnashuvlar ko'p bo'lishi futbolimizga foyda keltiradi. Masharipovga keladigan bo'lsak, qanday post qo'ydi yoki nima qilganini ko'rganim yo'q. Betobligim bois o'yinni televizordan tomosha qildim. 1-2 kun o'tgach bu haqida eshitdim. Menimcha bu noto'g'ri deb o'ylayman. To'ydan oldin nog'ora chalmaslik kerak. Ochig'ini aytganda oliftagarchilik qilish kerak emas.

- Birinchi davraning oxirgi to'rtta turi markazlashgan holatda davom ettirildi. So'ngi ikki turda AGMK jiddiy qarshilikka uchradi va o'yin tugashiga soniyalar qolganda mag'lubiyatdan qutulib qoldi. Bunga charchoq alomatlari sababmi yoki futbolchilar raqibga to'g'ri munosabatda bo'lmadimi?

- "Navbahor" hurmatga sazovor, yaxshi shakllangan jamoa. Ularning tarkibida bir nechta asosiy tarkib futbolchilari kasallangani sabab ishtirok eta olmadi. Bu esa bizga ustunlik berishi tayin edi. SHunga qaramasdan ular munosib kurashishdi. Biz esa o'zimiz yaratgan vaziyatlardan foydalana olmadik. "Buxoro" bilan o'yinda charchoq alomatlari bo'ldi deya olmayman. Bu jamoaga ham hurmatimiz cheksiz. "Buxoro" shu kuni o'zining eng yaxshi o'yinlaridan birini o'tkazdi. Birinchi bo'limda 1:0 hisobida yutayotgandik. Qator golli vaziyatlardan foydalana olmadik. Futbol shunaqa sen urmasang senga urishadi. O'zimizni xatoimiz sabab darvozamizdan ikkita to'p olib chiqdik. Oxirgi daqiqalarda omadimiz keldi gol urib mag'lubiyatdan qutulib qoldik. Ikkinchi davrada bundan ham yaxshiroq harakat qilib mavsumni yuqori darajada yakunlashni istaymiz.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика