So’nggi yangiliklar

13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 13:18Суперлига. Плей-офф: "Арал" – "Бухоро". Таркиблар маълум   4 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  12 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  2 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

"Mashal"ning qayd etgan natijasi qoniqarli, SHomurodov Italiyaga tezda moslashdi. Akademiyasi bor klublarni yo'qotmoqdamiz". Sardor Abduraimov bilan intervyu Yangiliklar

"Mashal"ning qayd etgan natijasi qoniqarli, SHomurodov Italiyaga tezda moslashdi. Akademiyasi bor klublarni yo'qotmoqdamiz". Sardor Abduraimov bilan intervyu

Muborakning "Mashal" jamoasi o'tgan mavsumda Pro ligada g'olib chiqdi va bu yilni Superligada o'tkazdi. SHunga qaramasdan muborakliklar kuchlilar safida munosib harakat qilgan holda o'z o'rinlarini saqlab qolishdi.

Har bir jamoada bo'lgani kabi "Mashal"da ham malum bir vaqt pasayish yuz berdi. Biroq oxirgi uchrashuvlarda "gazchilar"ning natijalari ijobiy tomonga o'zgardi, so'nggi turlarda ular muhim bo'lgan ochkolarni qo'lga kiritishdi. Biz esa 26-turdan o'rin olgan "Metallurg" bilan kechgan uchrashuvdan so'ng jamoaning etakchi futbolchisi Sardor Abduraimovni suhbatga chorladik.

- Mavsumning ajoyib yakuni bilan tabriklaymiz. SHaxsan o'zingiz uchun mavsum qanday o'tdi? Birinchi davrani "Bunyodkor"da, ikkinchi davrani esa qadrdon jamoangiz "Mashal"da o'tkazdingiz. Taassurotlar turlicha bo'lishi tabiiy..

- Rahmat. Qiyin o'tgan 2020 yilgi Superliga bahslarini tugatib oldik. CHempionat avvalgi yillarga qaraganda murakkabroq kechdi deyishim mumkin. Koronavirus tufayli chempionatimiz malum muddatga to'xtab qoldi. Buning natijasida ko'p jamoalarda muammolar paydo bo'la boshladi. O'zim uchun bu yilgi mavsum qoniqarli o'tmadi. Birinchi davrada "Bunyodkor" safida to'p tepdim. Lekin zaxirada qoldim, o'yin amaliyotiga ega bo'lmadim. Boz ustiga orttirib olgan jarohatimdan so'ng tiklanishim cho'zilib ketdi. Ikkinchi davrada esa "Mashal"ga qaytdim. Jamoamga qay darajada yordam bera oldim bunga murabbiylarimiz baho beradi. Bu borada biror fikr bildira olmayman. Boisi qaerdadir bildirilgan ishonchni oqlamagan paytlarim ham bo'ldi.

- Poytaxt klubida o'yin amaliyotiga ega bo'lmagan paytingizda qanday ruhiy qiyinchiliklar bo'ldi? 

- To'g'risini aytsam ruhiy tomonlama qiyinaldim. Zaxirada qolishimdan tashqari jarohat olishim tushkunlikka tushirib qo'ygandi. Uydagilarimning va yaqinlarimning ishonchi, daldasi bilan sabr qilib yurdim. SHukur hammasi ortda qoldi. 

- "Mashal"ning Pro ligadan chiqib bu yil Superligada ishtirok etganini hisobga olsak turnir jadvalida egallagan o'rni jamoaga mosmi?

- Bilasiz, "Mashal" o'z tarixiga ega jamoa. Uch yil oldin Oliy ligada ettinchi o'rinni egallaganimizga qaramasdan negadir Pro ligaga ravona qilishdi. Ikki yillik tanaffusdan so'ng Superligaga qaytdik. Jamoani egallagan o'rni qaysidir manoda qoniqarli desam ham bo'ladi. Ammo, jamoa bundan ham yaxshirog'iga loyiq edi.

- Bilishimizga qaraganda davralar oralig'ida sizga "Surxon" jamoasidan taklif tushgan ekan...

- Ha, "Surxon"dan qiziqish bo'lgani rost. Biroq tomonlar o'zaro kelishuvga erisha olishmadi. 

- Ikkinchi davrada jamoada barchada bo'lgani kabi "Mashal"da ham pasayish kuzatildi, uzoq vaqtga qadar natijalar ijobiy ko'rinish olmadi. Bu jamoadagi futbolchilarning aksariyatining yosh ekanligi bilan bog'liqmi? Odatda yosh futbolchilarda mana shu bosimni engib o'tish qiyin kechadi...

- To'g'ri, pasayish yuz berdi. Ketma-ket mag'lubiyatlar o'zimizga bo'lgan ishonchni yo'qolishiga olib keldi. Ayrim pallalarda moliyaviy muammolar ham sabab bo'ldi. Xudoga shukur bularning barchasini vaqtinchalik ekanligini isbotlay olmoqdamiz. So'nggi turlardagi g'alabalarimizda muxlislarimizning ham hissasi borligini aytib o'tsam. Maydonda ularning daldasini his qilgan holda o'ynayapmiz. 

- Ichki chempionatimizda "Mashal", "Nasaf", "Bunyodkor" singari akademiyasiga va infratuzilmasiga ega klublarimiz sanoqligina. Lekin hozirda bularning barchasida moliyaviy va boshqa muammolar bor. Nima deb o'ylaysiz, bunday klublar yanada qo'llab-quvvatlash kerak emasmi?

- Alamli bo'lsa ham aytish joiz bunday klublarimiz sanoqlini tashkil qiladi. Biz hozirda yuqorida aytganingizdek akademiyasiga ega jamoalarni ko'paytirish o'rniga borlarini ham yo'qotib qo'ymoqdamiz. Moliyaviy muammolar sabab ko'p klublar o'z akademiyasini yo'qotayotgandek ko'rinmoqda.  Umid qilamanki bularning barchasi vaqtinchalik. 

- Eldor SHomurodov bilan bolalikdan birga katta bo'lgansiz, yaqin do'stingiz hisoblanadi. Sizningcha hamyurtimiz Italiya futboliga moslashib oldimi? O'yinlarini ko'ryapsizmi?

- Eldor "Jenoa"ga hozirgidan ham tezda moslashishi mumkin edi. Lekin jarohati pand berdi. Mana hozir jarohatidan to'liq forig' bo'ldi va jamoasiga naf keltira boshladi. Bu o'zbek futboli va muxlislar uchun quvonarli holatdir. Fursatdan foydalanib "Mashal" jamoasining jonkuyar muxlislariga Superliganing har bir uchrashuvida qo'llab- quvvatlashgani uchun, pandemiya vaqtida ham qalban biz bilan birga bo'lishgani uchun rahmat aytib qolaman. Har qanday vaziyatda yolg'izlatib qo'ymaydigan ishqibozlarimizga har qancha minnatdorchilik bildirsak kam. Sog'lik va salomatlik, oilalariga xotirjamlik tilayman. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика