So’nggi yangiliklar

22:57Миллатлар лигаси. Хорватия 90+5 дақиқадаги автогол сабаб ғалабани қўлдан бой берди, Болгария — Люксембург ўйинида 11та сариқ карточка кўрсатилди  6 22:49Миллатлар лигаси. Тез орада бошланадиган бешта ўйин учун таркиблар билан танишинг  1 22:07Ўткир Юсупов: "Эрон билан ўйинда 1 очко ҳам яхши натижа, БААни эса мағлуб этмоқчимиз"  0 21:41Суперлига. "Динамо" — "Навбаҳор" 0:1  0 21:29Мбаппе Франция терма жамоасининг фақат муҳим ўйинларида ҳаракат қилмоқчи. "Реал" форварди 2025 йилги "Олтин тўп"ни кўзлаган  1 20:55Суперлига. "Навбаҳор" 14-турнинг қолдирилган ўйинида "Динамо"дан устун келди  35 20:26Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 19:49"Манчестер Сити"нинг машҳур спорт директори клубни тарк этяпти  4 19:18Кроос "Реал"га қайтяпти  3 18:45Ўзбекистон терма жамоасининг машғулоти Сречко Катанец назорати остида ўтади  43 18:25Про лига. Бешимовнинг голи "Қўқон-1912"га ғалаба тақдим этди  2 17:26Пранкер ўйиндан олдин МЮ кийиниш хонасига эшитиш мосламаси ўрнатди  3 16:29Коул Палмер: "Месси ёки Роналду?"  12 14:19Тебас: "ЛаЛига ва АПЛ ФИФАни судга бермоқчи"  6 13:46Балотелли: "А Серияни "ёриб" ташлайман"  9

“Mashal” va Nikita Pavlenko o'rtasidagi shartnoma bekor qilindi Yangiliklar

“Mashal” va Nikita Pavlenko o'rtasidagi shartnoma bekor qilindi

“Mashal” jamoasi yarim himoyachisi Nikita Pavlenko hamda klub o'rtasida davom etayotgan kelishmovchilik 24 yoshli futbolchining murojaatiga asosan PFL tomonidan o'rganib chiqildi.

Vaziyat atroflicha tahlil qilingach, 2017 yildan buyon “Mashal” safida o'ynab kelayotgan futbolchining jamoa safini tark etmoqchiligi, biroq klub uning ketishiga ruxsat bermayotgani ayon bo'ldi. Gap shundaki, Nikita Pavlenkoning Muborak jamoasi bilan tuzgan shartnomasi yil so'nggida nihoyasiga etardi. Futbolchi amaldagi shartnomasi tugashiga 6 oydan kam muddat qolganida boshqa jamoa bilan muzokara o'tkazish huquqiga ega ekanidan kelib chiqqan holda xorij klubi bilan kelishuvga erishgan. Lekin “Mashal” futbolchini qo'yib yuborishni istamadi.

Har ikki tomon bilan vaziyat chuqur tahlil qilindi va yakunda Pavlenkoning “Mashal” bilan tuzgan shartnomasi 4.3 bandida agar futbolchi jamoadan olgan rag'batlantirish mablag'larini klubga qaytarsa, jamoadan ketishi mumkin ekani inobatga olinib,“Mashal” va Nikita Pavlenko o'rtasidagi shartnoma bekor qilindi. Futbolchi klub hisob-raqamiga olgan rag'batlantirish pullarini o'tkazib berdi. Har ikki tomon ham kelishmovchilikning ijobiy hal bo'lganidan mamnunligini bildirdi.

- Faoliyatimni xorijda davom ettirish niyatim bor. Har qanday futbolchi ham o'z kuchini chet elda sinab ko'rishni istaydi. Biroq "Mashal" bilan o'rtada biroz kelishmovchilik yuzaga keldi. Har ikki tomonni ham tinglab, hech kimni hafa qilmaydigan qaror qabul qilinishida amaliy yordam ko'rsatgan O'FA va PFL rahbariyatiga o'z minnatdorchiligimni bildiraman, - dedi 24 yoshli futbolchi.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика