So’nggi yangiliklar

21:43Таҳлил. "Қўқон-1912" уйғоняптими?  1 21:32Баҳром Ҳайдаров: "Тезкор голдан сўнг хато қилишга қўрқиб ўйнадик"  0 21:20Суперлига. "Бунёдкор" – "Бухоро" (матнли трансляция)  6 21:01Февзи Давлетов: "Бунёдкор" билан ўйинда кўп энергия йўқотдик, "Қўқон-1912"да тикланиш учун кўпроқ вақт бўлди"  0 21:00Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди  64 20:49"Ал Васл" — "Бани Яс". Таркиблар маълум  1 20:33"Шарлеруа" — "Антверпен". Таркиблар маълум  0 20:04АПЛ. "Челси" ва "Кристал Пэлас" ўртасидаги Лондон дербиси нурсиз дуранг билан якунланди  16 19:55Суперлига. "Қўқон-1912" ўз майдонида "Сурхон"ни ишончли ҳисобда енгди  8 19:34"Манчестер Юнайтед" — "Арсенал". Таркиблар маълум  15 18:41Расмус Хойлундга Германиядан даъвогар пайдо бўлди  0 17:43ПСЖ футболчиси АПЛ клуби сафига ўтди  1 16:36"Манчестер Сити" Родриго бўйича қарор қабул қилди  6 16:04ПСЖ форварди АПЛга йўл олиши мумкин  0 15:31"Нефтчи" Наманганда "Навбаҳор"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2

"Mashal" to'rt yillik rejalarni belgilab oldi Yangiliklar

"Mashal" to'rt yillik rejalarni belgilab oldi

Bugun "Mashal" PFK da jamoaning navbatdagi to'rt yillik rejalari tuzib chiqildi.
11 avgust kuni O'FF federaciyasi binosida O'zbekiston futbol federaciyasi va Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti Mirabror Zufarovich ishtirokidagi yig'ilish qarorini taminlash uchun "Mashal" PFK da majlis bo'lib o'tdi. Yig'ilishda klub rahbariyati, asosiy, o'rinbosarlar, birinchilik tarkibi murabbiylari, akademiya direktori ishtirok etdi.

Majlisda klubning barcha murabbiylari o'z fikrlarini bildirib o'tdi va yakunda to'rt yillik rejalar ishlab chiqildi. Rejalarni bosqichma-bosqich rivojlantirib borish va asosiy etiborni yoshlarga qaratish dastlabki ustivor vazifamiz etib belgilandi.

Endi akademiya bitiruvchilaridan eng munosiblar O'zbekiston birinchiligida ishtirok etuvchi "Mashal-2" jamoasiga o'tkaziladi. Ushbu davrani o'zidayoq to'rt nafar 1998 yilda tug'ilgan futbolchini "Mashal-2" ro'yhatdan o'tkazdi. Ushbu jamoa oldidagi eng asosiy vazifa etib munosib ishtirok belgilangan. Aniq bir pog'onani egallash ikkinchi darajada deb baholandi. Jamoa bosh murabbiyi Dilshod Andaev navbatdagi to'rt yillikda qilishi kerak bo'lgan vazifalar kelishilgan holda tuzib chiqildi. Har bir jamoa o'rtasida to'laligicha uzviy bog'liqlik bog'lanadi.

Aynan birinchi ligada ishtirok etuvchi jamoamiz safida bir necha nafar O'zbekiston o'smirlar, yoshlar terma jamoasiga azo va nomzod futbolchilar bor. Aynan ana shu futbolchilashrni to'g'ri yo'naltirish va terma jamoaga munosib qilib tarbiyalash uchun Aleksandr Xomyakov, Vali Keldiev va Dilshod Andaevlar o'zaro kelishgan holda rejalarni klub rahbariyatiga taqdim etdi. Aynan Mirabror Zufarovichning topshiriqlarini bajarishda dastlabki vazifa shundan iborat bo'ldi. Yaniki terma jamoa uchun klublarda olib borilayotgan ishlar dastlabki maqsaddir.

O'rinbosarlar safida harakat qilib kelayotgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi azolari va nomzodlarni har biri bilan alohida dastur asosida, qo'shimcha ilar olib boriladi. Asosiy tarkibdan o'rin olish va ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lib,  terma jamoaga munosib sifati borishi taminlanadi.

Asosiy tarkibdan nima uchun so'nggi yillardan terma jamoaga munosib futbolchilar kam bo'layotganligi o'rganilib, kerakli reja asosida aynan akademiyamiz tarbiyalanuvchilarini terma jamoaga etkazish vazifasi o'rganildi.

Yig'ilish so'nggida keyingi to'rt yillik rejalar taqdim etildi va tasdiqlash uchun tayyorlandi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика