So’nggi yangiliklar

00:49Бошланғич таркибдаги Палмер нима сабабдан дербида қатнашмаяпти?  0 00:30ЖЧ-2026га қуръа қачон ва қаерда ташланиши маълум!  2 00:10Суперлига. "Андижон" – "Пахтакор" 2:6  0 00:02Акмал Рустамов: "Юзага келган вазиятлардан фойдаланганимизда 3-4та тўп фарқи билан ютишимиз мумкин эди"  0 23:46Илёс Зейтуллаев: "Бунёдкор" ПФЛ тақдим этаётган тақвимни ҳурмат қилади"  0 23:28Байиндирнинг хатосидан кейин МЮнинг режалари ўзгарди  2 23:15АПЛ. "Вест Хэм" - "Челси". Лондон дербиси учун асосий таркиблар маълум!  3 22:59Абдурауф Бўриев: "Мураббийлар берган тактикани яхши бажардик"  4 22:30Ҳожимат Эркинов: "Андижонлик мухлисларга раҳмат, яхши атмосфера яратиб беришди"  6 22:08Максим Шацких: "Жамоамизда "Андижон" даражасига мос бўлмаган футболчилар бор"  52 21:58Суперлига. Қизил карточка кўрсатилган ва гол инобатга олинмаган ўйинда "Қизилқум" ва "Бунёдкор" муросага келди  23 21:47Камолиддин Тожиев: "Майдонда ўн киши қолиб ҳам ўзимизни кўрсата олдик"  11 21:03Суперлига. "Бобур Арена"да дарвозаларга 8 та гол урилган оқшомда "Пахтакор" "Андижон" устидан ғалаба қозонди  251 20:10Бу йил Супелигада ким чемпион бўлади? Сунъий интеллект жавоб берди  20 19:51"Реал" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисига кўз тикди  6

"Mashal" nazorat uchrashuvida "Dinamo"ni mag'lub etdi Yangiliklar

"Mashal" nazorat uchrashuvida "Dinamo"ni mag'lub etdi

Bugun "Mashal" navbatdagi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.
Toshkent shahridagi "Bunyodkor" akademiyasiga qarashli tabiiy maydonda o'tgan uchrashuvda "Mashal" Samarqandning "Dinamo" jamoasi ustidan irodali g'alabaga erishdi.

Uchrashuvdagi dastlabki xavfli hujum "Mashal" tomonidan sodir etildi. Salamat Qutiboevning aniq pasini Jamshid Hasanov kuchli zarba bilan darvozaga yo'lladi lekin Melnichuk qiyinchilik bilan bu zarbani bartaraf etdi. 20 daqiqada Zayniddin Tojiev darvozaga yaqin masofadan zarba berdi va bu zarbani Nosirov qaytarishni uddaladi. SHunga qaramay 23 daqiqada tajribali Tojiev baribir o'z so'zini aytdi. Himoyachilarni ortda qoldirib darvozani osongina ishg'ol etdi. Bo'lim yakunlanishi arafasida jamoamiz safiga yangi kelib qo'shilgan kamerunlik Ebax Tobi Melnichuk qo'lidan chiqarib yuborgan to'pga birinchi etib bordi va hisobni tenglashtirdi.
Ikkinchi bo'limda har ikki jamoada o'zgarishlar bo'ldi. 60 daqiqada Eldor SHomurodovning juda ham aniq pasini Muyidin Mamazulumov darvozaga joylab qo'ydi. 80 daqiqada Abdulla Nabiev Siroj Hamroevni oyog'i bilan tepgani uchun maydondan chetlashtirildi. Uchrashuvda boshqa hisob o'zgarmadi va "Mashal" nazorat uchrashuvlaridagi ikkinchi irodali g'alabasini qo'lga kiritdi.

Eslatib o'tamiz, "Mashal" ertaga Yangierda "Metallurg", 24 iyulda "Neftchi"ga qarshi nazorat uchrashuvlarini ham o'tkazadi.


Nazorat uchrashuvi.
Toshkent. "Bunyodkor" akademiyasi stadioni. 22.03.2014

"Mashal" - "Dinamo" 2:1 (1:1)
Gollar:
0-1 Zayniddin Tojiev (23), 1-1 Ebax Tobi (45), 2-1 Muyidin Mamazulumov (60)
Hakamlar: SHerzod Qosimov, Olim Abduvasliev, Alisher Usmonov (barchasi Toshkent)
Nazoratchi: D. Roman
CHetlashtirish: Abdulla Nabiev (80)

"Mashal": Botir Nosirov (Javohir Ilyosov 75), G'iyos Komilov, Siroj Hamroev, Salamat Qutiboev, SHahzod SHaymonov (Zafar To'raev 46), Jamshid Hasanov (Eldor SHomurodov 50), Abbos SHodmonov (Abbos Omonov 46), Andrey Derkach, Jahongir Abdumo'minov, Ebax Tobi (Otabek SHukurov 75), Zohir Qo'ziboev (Muyidin Mamazulumov 46)

"Dinamo": Andrey Melnichuk, Asror Aliqulov, Avaz Agaliev, G'ulom O'runov, Ildar Mamatkazin, Zayniddin Tojiev, Iskandar Xolmirzaev, Firdavs Abdusalimov, Komil SHarofutdinov, Abdulla Nabiev, Sanat SHixov
Zaxiradan maydonga tushganlar: Igor Mixaylov, Turg'un Qobilov, Bunyod Isroilov, Saddam Boymamatov, Akmal Bozorov, Akbar Siddiqov, Mirkomil Lakaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика