So’nggi yangiliklar

21:13Фабрицио Романо: Ўзбекистон термасини "Олтин тўп" соҳиби бошқаради  20 20:56ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  1 20:25Гаиска Мендьета: "Хави МЮда ишлашга ўзини тайёрлаб келмоқда"  1 19:53"Парма" ҳужумчиси Англиянинг учта клуби эътиборига тушди  1 19:30Терма жамоа дарвозабони, Қосимовни ютган мураббий, 21 ёшли футболчи — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари   3 19:13Тўрақулов, Искандеров, Ҳожимирзаев, Сергеев ва бошқалар... Суперлига 23-тур рамзий терма жамоаси  2 18:50Ўзбекистон Озарбайжон билан биргаликда Жаҳон чемпионатига мезбонлик қилади!  17 18:36"Арсенал" Сакага ҳафтасига 322 000 евро тўлашга тайёр  3 18:08Жиру: "Европа Лигаси биз учун жуда муҳим"  1 17:40Ла Лига "Атлетико" – "Реал" учрашувида янграган ҳақоратомуз сўзларни қоралади  0 17:12Артета: "Дарвозани дахлсиз сақлаганимиздан жуда хурсандмиз"  0 16:44Расман: Шукуров БАА клубига ўтди  9 16:14Конте: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтирди"  3 16:08Каннаваро тайинлови: пиарми ёки стратегик қарор?  45 15:45Гвардиола: "90 дақиқа Родри учун оғир синов бўларди"  1

"Mashal": Birinchi o'yinda "So'g'diyona" bilan durang o'ynadik Yangiliklar

"Mashal": Birinchi o'yinda "So'g'diyona" bilan durang o'ynadik

Teglar :  So'g'diyonaMashal
Bugun "Mashal" O'zbekiston kubogi doirasida 1/8 final bosqichining birinchi uchrashuvini o'tkazdi. O'z maydonimizda bo'lib o'tgan ilk bahsda vakillarimiz durang qayd etildi.

Uchrashuvning 12 daqiqasida Zafar To'raevni pasidan so'ng Jamshid Xasanov birga-bir vaziyatga chiqib bordi lekin darvozabonni ojiz qoldira olmadi. 18 daqiqada endi mehmonlar xavfli hujum tashkil etishni uddaladi. Bu safar darvozabonimiz tushunmovchilikdan so'ng xatoga yo'l qo'ydi. Rashidov qulay imkoniyatni yo'qqa chiqardi. 30 daqiqada Zafar To'raev 30 metrlar masofada kuchli zarba bilan Temur G'aniev darvozasini aniq nishonga oldi. 40 daqiqa o'tib borayotgan bir vaqtda Muzaffarov 20 metrlardan kuchli zarba yo'lladi va Ilyosov mahorat ko'rsatdi. Birinchi bo'limda boshqa hisob o'zgarmadi.

Ikkinchi bo'limni mehmonlar ham hujumkorlik bilan boshladi. 57 daqiqada Ixtiyor Toshpo'latov , ko'p o'tmay Zafar To'raev juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. 67 daqiqada Muzaffarov jarima zarbasini mohirlik bilan ijro etdi biroq bu to'pga ozgina aniqlik etishmadi. 70 daqiqada jamoamiz safida bir necha o'zgarishlar amalga oshirildi biroq bu samarasini berishi qiyinlashdi. 85 daqiqada SHahzod Karimov darvozabonning xatosidan so'ng hisobni tenglashtirdi. O'yinda boshqa hisob o'zgarmadi va birinchi bahcda durang qayd etildi.

Endi javob bahsi Jizzaxda 21 aprel kuni bo'lib o'tadi.


O'zbekiston kubogi. 1/8 final
Dastlabki o'yinlar. 25 mart (juma)
 
Mashal - So'g'diyona 1:1
Gollar:
Zafar To'raev 23 - SHahzod Karimov 85
Ogohlantirishlar: Zafar To'raev 26, SHahzod SHaymanov 48, - Jahongir Jiyamurodov 45, Elyor Oripov 60, Akmal Xolmurodov 78,
Hakamlar: A. Risqullaev (Toshkent), R. SHoyaxmetov (Toshkent), A. Burov (Buxoro), F. Norsafarov (Qarshi)
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).

Mashal: 35.Javohir Ilyosov, 2.Iskandar SHayqulov, 10.Jamshid Hasanov, 13.SHahzod SHaymanov, 18.Abbos SHodmonov, 19.Mirzohid G'ofurov, 25.Ixtiyor Toshpo'latov (20.SHahboz Erkinov, 71), 27.G'ulom Haydar Gulyamov (6.Sardor Abduraimov, 71), 29.Dilyaver Abibullaev (21.Tursunmurod Hamdamov 84), 55.Avaz Agaliev, 90.Zafar To'raev (c).
Zaxira: 12.SHohruh Eshbo'taev, 3.G'iyosjon Komilov, 9.Humoyun Murtozaev, 24.Sirojiddin Rahmatullaev.

So'g'diyona: 1.Timur G'aniev, 4.Elyor Oripov, 5.Murod Xolmuhammedov, 7.Sanjar Rashidov (19.SHahzod Karimov 75), 10.Muzaffar Muzaffarov, 11.Farrux SHotursunov, 13.Sarvar Jo'raev, 16.Akmal Xolmurodov, 18.Qahramon Bahodirov (22.Bobir Qosimov, 60), 20.Jahongir Jiyamurodov, 27.Sardor Sobirxo'jaev (15.Timur Hakimov, 46),
Zaxira: 21.Muzaffar Abdullaev, 8.Suhrob Qobilov, 9.Akmal Abdurahmonov, 17.Sanjar Rihsiboev.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика