So’nggi yangiliklar

19:08Кроос: "Нойер – барча даврларнинг энг яхши дарвозабони"  3 18:40Про лига. "Локомотив" "ФарДУ" майдонида ишончли ғалабага эришди, "Олимпик" "Жайхун" билан беллашмоқда (онлайн ҳисоб)  1 18:28Суперлига. "Хоразм" - "Қизилқум" 0:1 (матнли трансляция)  2 18:25Манба: Шаҳбоз Умаровнинг янги жамоаси маълум  3 17:57Беллингем Мадридда ўзи ва онасига уй олиш учун 32 млн евро сарфлади  1 17:26Нкунку "Бавария"га ўтиш арафасида  0 16:53"Арсенал" АПЛда бурчак зарбаси орқали 31 та гол урди  1 16:31Украиналик юлдуз ПСЖда россиялик дарвозабон билан мулоқот қилмаяпти  29 16:00Соядаги қаҳрамон Салиба, омади чопмаган "қизил иблислар" — "Арсенал" қийин ўйинда "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб этди   4 15:37"Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда дурангни ғалабага айлантирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 15:20Матия Кривокапич: "Ғалабадан ҳамма хурсанд, лекин эртага янги кун бошланади"  0 15:02Суперлига. 20-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди   0 14:46Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг Испанияга жўнаб кетадиган таркиби маълум  5 14:22Шаҳбоз Жўрабеков: "Малини тартибга чақирдим, у эса агрессивликка берилиб кетди. Камида 1 очкога лойиқ эдик"  0 14:10"Андижон" меҳмонда "Машъал"дан енгилган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0

"Mashal-2" Qashqadaryo hokimi kubogining yarim finalida o'ynaydi Yangiliklar

"Mashal-2" Qashqadaryo hokimi kubogining yarim finalida o'ynaydi

Avval xabar berib o'tganimizdek Qashqadaryoda viloyat hokimi kubogi bahslari bo'lib o'tmoqda.
Unda "Mashal"ning birinchi ligadagi "Mashal-2" jamoasi ham ishtirok etmoqda. Dilshod Andaev boshchiligidagi jamoamiz kecha guruh bosqichidagi so'nggi 4-tur bahsini o'tkazdi. 1 fevral kuni esa 3 tur bahsini o'tkazgan edi. 3 tur o'yinida "Nuriston"ga qarshi maydonga tushgan futbolchilarimiz 2:1 hisobida g'alabaga erishdi. Gollarga Temur Yumangulov va Mirjalol Qosimov mualliflik qildi.

Qashqadaryo hokimi kubogi, 3-tur.
Koson. 01.02.2015

"Mashal-2" - "Nuriston" 2:1
Gollar:
Temur Yumangulov, Mirjalol Qosimov.

Guruhdagi so'nggi tur bahslari kecha bo'lib o'tdi. "Mashal-2" unda "Po'lati"ga qarshi o'yin o'tkazib, 2:2 hisobida durang o'ynadi. Guruhdan chiqishni uddalab bo'lgan jamoamiz bu o'yinda bir qator ko'rikdagi futbolchilar xizmatidan foydalandi.

Qashqadaryo hokimi kubogi, 4-tur.
Qarshi. 03.02.2015

"Mashal-2" - "Po'lati"  2:2
Gollar:
Mirjalol Qosimov, Sardor Sulaymonov.

Ushbu natijalardan qayd etgan birinchi ligamiz jamoasi guruhda 3 ta g'alaba ("SHo'rtan-2"  4:0, "Alanga" 2:0 , "Nuriston" 2:1 ), bitta durang ("Po'lati" 2:2 ) qayd etib , 10 ochko bilan birinchi o'rinda tugatdi.

Endi har ikki guruhda birinchi va ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoalar yarim finalga yo'l oldi. "A" guruhidan "SHo'rtan" (yoshlar) va "Nasaf" (yoshlar) jamoalari chiqishni uddalagan bo'lsa, "B" guruhidan "Mashal-2" va "Nuriston" yarim finalga chiqdi.  Yarim final bahslarining birinchisi  mos ravishda "A" guruhi g'olibi "SHo'rtan" (yoshlar) va "B" guruhining ikkinchi o'rin sohibi "Nuriston" jamoalari o'rtasida bo'lsa, ikkinchi o'yin "B" guruh g'olibi "Mashal-2" va  "A" guruhining ikkinchi o'rin sohibi "Nasaf" (yoshlar) o'rtasida bo'lib o'tadi. Har ikki yarim final bahsi ertaga "Nasaf" akademiyasining suniy maydonida 10:00 va 12:00 da bo'lib o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика