So’nggi yangiliklar

13:28Эрон клублари ОКМК етакчисига қизиқмоқда  0 13:00Расул Йўлдошев: "Жамоамиз тушкун кайфиятга тушганди, буни енгиш учун ғалаба зарур эди"  0 12:46"Қўқон-1912" "Сурхон" устидан ишончли ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 12:22Ришарлисон Роналдонинг юзи туширилган суратни жойлаштирди — энди у "Олтин тўп"ни мақсад қилган  1 11:54Диогу Жотанинг беваси ва ота-онаси "Вулверхэмптон" ўйинида бўлди. Мухлислар марҳум футболчини ёд олди  4 11:30Мухлислар Уэйн Рунини танқид қилди: "Ажойиб футболчи, аммо ёмон эксперт"  2 10:52"Брентфорд" ўз тарихидаги рекорд қийматли трансферни эълон қилди  0 10:25Sofascore. Мозговой БАА Пролигасидаги дебютидаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 10:23Илёс Зейтуллаев: "Жамоам ғалабага муносиб эди"  3 09:59Виктор Карпенко: "Бунёдкор" хатоларни кечирмаслигини ўйиндан аввал ҳам айтган эдим. Амалда шундай бўлди"  2 09:53Артета: "Олд Траффорд"да ғалаба қозонишимиз муҳим эди"  2 09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  1 08:47Sofascore. Шомуродов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳо олди?  5 08:13Суперлига. Бугун Хоразмга катта футбол қайтади  13 07:45Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  11

"Mashal-2" Qashqadaryo hokimi kubogida ishtirok etmoqda Yangiliklar

"Mashal-2" Qashqadaryo hokimi kubogida ishtirok etmoqda

26 yanvarda Qashqadaryo hokimi kubogi bahslari start oldi.
Unda "Mashal"ning birinchi ligadagi "Mashal-2" jamoasi ishtirok etmoqda. Dilshod Andaev boshqaruvidagi ushbu jamoa musobaqadagi ishtirokini boshladi. Bu turnirda 10 ta jamoa ikki guruhga bo'lingan holda sovrin uchun kurashmoqda. "Mashal" ishtirok etayotgan "B" guruhida birinchi liga jamoamizdan tashqari "SHo'rtan" (yoshlar), "Alanga" (birinchi liga), "Po'lati" va "Nuriston" (ikkinchi liga) jamoalari ham o'rin olgan.  Aytib o'tish kerakki , musobaqa G'uzor, Qarshi, Koson stadionlarida bo'lib o'tmoqda.

Dushanba kuni "Mashal-2" birinchi tur bahsini "Alanga"ga qarshi o'tkazdi va 2:0 hisobida g'alabaga erishdi. Jamoamiz gollariga Rusul Jo'raev va Temur Yumangulovlar mualliflik qildi.

Qashqadaryo hokimi kubogi. 1-tur
Koson. 26.01.2015

"Alanga" - "Mashal-2"  0:2 (1:0)
Gollar
: 0:1 Rasul Jo'raev (33), 0:2 Temur Yumangulov (62).

Ikkinchi tur bahslari esa kecha bo'lib o'tdi. Kosonda "SHo'rtan" yoshlariga qarshi o'yinda birinchi ligamiz yirik 4:0 hisobida g'alabaga erishdi.

Qashqadaryo hokimi kubogi. 2-tur
Koson. 30.01.2015

"Mashal-2" - "SHo'rtan" (yoshlar)  4:0 (2:0)
Gollar:
1:0 Mirjalol Qosimov (11), 2:0 SHokir Yuldashev (40), 3:0 SHamsiddin Sadullaev (75), 4:0 Sanjar Ahmedov (82)

Endi navbatdagi uchinchi tur bahslari ertaga bo'lib o'tadi. Unda jamoamiz "Nuriston"ga qarshi maydonga chiqadi.

Hokim kubogining ikki guruhida birinchi va ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoalar yarim finalga yo'l oladi. Mos ravishda guruhda birinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoalar ikkinchi guruhdagi ikkinchi o'rin sohibiga qarshi maydonga chiqadi. G'olib jamoalar finalda o'ynaydi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика