So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  15 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  18 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

"Mashal-2" birinchilik peshqadamini to'xtatdi Yangiliklar

"Mashal-2" birinchilik peshqadamini to'xtatdi

Teglar :  Mashal-2
Bugun O'zbekiston birinchiligida ikkinchi bosqichning 15-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

"Mashal-2" Toshkentda birinchilik peshqadami "Oq-tepa" mehmoni bo'ldi va nursiz durang o'ynadi.


Uchrashuvni maydon egalari hujumkor o'tkazdi. SHunga qaramay yaqqol vaziyat sodir etish mehmonlarga nasib etdi. O'yinning 34 daqiqasida Ahrol Inoyatov juda ham qulay imkoniyatda darvoza tomon aniq zarba yo'llay olmadi. Undan tashqari SHokir Yuldashev ham bir necha bor golli vaziyatga ega bo'ldi va barchasi samarasiz yakunlandi. Maydon egalaridan Sobir Usmonxo'jaev bo'lim yakunlanishi arafasida darvoza tomon kuchli zarba yo'lladi biroq to'p darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi. Bo'limda hisob ochilmadi.
Ikkinchi bo'limning dastlabki daqiqalaridan "Oqtepa" hujumlarni tashkil etdi. Qarshi hujumda harakat qilgan vakillarimiz kam imkoniyatga ega bo'ldi biroq himoyada ishonchili harakat qildi. Aytib o'tish kerakki ikkinchi bo'limda darvozabon Olimjonov jamoani ko'plab golli vaziyatlarda qutqardi. O'yinda hisob ochilmadi va nursiz durang qayd etildi.

Ushbu durangdan so'ng "Mashal-2" ochkolari 33 taga etdi va turnir jadvalida 10 pog'onani saqlab qoldi.
Endi birinchilik jamoamiz mavsumning so'nggi uchrashuvini o'z maydonida 7 noyabr kuni "NBU-Osiyo"ga qarshi o'tkazadi.

Birinchi liga, ikkinchi bosqich, 15-tur
Oqtepa (Toshkent) – Mashal-2 (Muborak) – 0:0.
Hakamlar
: SH. Qosimov (Toshkent) – 8,5, SH. Qamarov (Samarqand) – 8,4, S. Xakimov (Samarqand) – 8,4, A. Risqullaev - 8
Nazoratchi: O. Dachev (Toshkent).
Ogohlantirishlar: I. Magdeev (61), T. Raximberdiev (88) – M. Maxmudov (62), T. Xamdamov (88).

“Oq-tepa”: Mixail Naumov, Temur Yafarov, Anvar Rahimov, Temur Hakimov, Zafarjon Qoraqulov, Sobir Usmonxo'jaev, SHahzod Anvarov, Tursunboy Rahimberdiev, Ildar Magdeev, Vusol Mageramov, Maruf Ahmadjonov.
Zaxiradagilar: Rustam Dadaboev, Jaloliddin Saidov, Jo'rabek Sobirov, Temur Kagirov, Abdujalil Hasanov, Abdul Aziz Yusupov, Davronbek Umirov.

“Mashal-2”: Xusan Olimjonov, Ahrorjon Inoyatov, Sunnatilla Rustamov, Maqsud Mahmudov (Jafar Ismoilov 60), Durbek Kamolov (Konstantin Boev 60), Tursunmurod Hamdamov, Temur Masharipov (SHamsiddin Sadullaev 65), Uyg'un Bobonazarov (Oybek Jo'raev 85), SHokir Yo'ldoshev (Muni Mirmuhsin Yusupov 40), Alibek Rahmatullaev, Maruf Toshev.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика