"Marsel" Malinovskiyni ijaraga olmoqchi
03 jan 2023 12:32
Yangiliklar
"Marsel" Malinovskiyni ijaraga olmoqchi
Franciyaning "Marsel" klubi "Atalanta"ning 29 yoshli yarim himoyachisi Ruslan Malinovskiyni yanvar oyidagi transfer oynasida o'z safiga qo'shib olish imkoniyatlarini izlashda davom etmoqda.
Italiya klubi birinchi taklif rad etilgach, ikkinchi taklifni yuborishga hozirlik ko'rmoqda.
"Marsel" hozircha Malinovskiy shartnomasini to'liq sotib ololmaydi, ammo ular ukrainalik futbolchini keyinchalik sotib olish majburiyati bilan ijaraga olmoqchi.
SHuningdek, "Marsel"ning Malinovskiy uchun kurashdagi raqibi "Tottenxem" ekanligi qayd etilgan.
Ruslan 2022/23 yilgi mavsum bergamoliklar safida 14 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli pas uzatdi.
Malumot uchun, Ukraina terma jamoasi futbolchisining "Atalanta" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar