Marokash "uchirib yuborgan" ispanlardan bir qancha antirekordlar
06 dek 2022 23:15
Yangiliklar
Marokash "uchirib yuborgan" ispanlardan bir qancha antirekordlar
Unda ispanlar qo'shimcha bo'limlar va hatto penaltilar seriyasida ham marokashliklar postiga yo'l topa olmadi va mundialni tark etdi.
Qayd etish kerak, ispaniyaliklar katta turnirlarda ketma-ket beshinchi marta qo'shimcha bo'limlarda o'ynadi - JCH-2018da penaltilar seriyasida Rossiyadan mag'lub bo'lgan Ispaniya Evro-2020da ketma-ket Xorvatiya, SHveycariya va Italiya bilan qo'shimcha taymlarda o'ynadi va italyanlar to'sig'idan o'ta olmadi. JCH-2022da esa Marokash termasi Ispaniyadan seriyada ustun keldi.
SHuningdek, 2010 yilgi jahon chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritgan Ispaniya termasi ketma-ket uchinchi marta 1/8 finaldan o'ta olmayapti.
Undan tashqari, Ispaniya jahon chempionatlari tarixida penaltilar seriyasida mag'lub bo'lish bo'yicha "etakchi" bo'lib oldi. Terma 5 seriyaning 4tasida mag'lub bo'ldi. Bungacha ular Angliya va Italiya bilan teng natija ko'rsatayotgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar