Marokash termasi ustozi jamoadagi eng yorqin futbolchi kimligini aytdi
08 dek 2022 09:05
Yangiliklar
Marokash termasi ustozi jamoadagi eng yorqin futbolchi kimligini aytdi
JCH tarixida chorak finalga chiqqan afrikalik ilk murabbiy Valid Regragi Hakim Ziesh haqida gapirdi.
“Uning qilayotgan ishi qoyilmaqom. Marokashliklar unga ishonishdi va u ularga javob qildi. Asosiy javobgarlikni unga yuklaganmiz, ammo uni sevamiz ham. U Braziliyadagi Neymar, Franciyadagi Mbappe kabidir.
Hakim – eng yaxshi futbolchimiz. Ayrim murabbiylarning fikricha, barcha o'yinchilar bir xil munosabatga loyiq, lekin bu to'g'ri emas. Hakim shunchaki o'yinchi emas. Uni juda yaxshi ko'raman va xurmat qilaman, chunki u bunga loyiq. Ashraf Hakimi ham boshqa futbolchilar kabi. Ular terma jamoa uchun borini berishga tayyor ekanliklarini ko'rsatishdi”, deydi Regragi.
Eslatib o'tamiz, Marokash TJ mundial chorak finaliga chiqqan 4-Afrika vakiliga aylandi. Ularni oldinda 10 dekabr kuni Portugaliyaga qarshi bahs kutmoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar