So’nggi yangiliklar

21:22Неймар "Олтин тўп" натижалари ҳақида: "Рафиньянинг 5-ўринда туриши - шунчаки масхарабозлик"  0 20:54Лапорта "Реал"нинг "Олтин тўп"ни бойкот қилиши ҳақида: "Спортда ютқазишни ҳам билиш керак"  9 20:25FIFA клубларни қўллаб-қувватлаш дастурини эълон қилди. Суперлига клублари қанча пул ишлаб олади?  1 20:00Аморим: "Моуринью – португалиялик энг яхши мураббий"  0 19:38"Насаф" – "Ал Ҳилол" учрашуви чипталари қачон сотувга чиқади?  4 19:13"France Football" бош муҳаррири: "Дембеле "Олтин тўп" учун сўровномада катта устунлик билан ғалабага эришди"  6 18:45Артём Петросян: "Оддий вазиятларда тўпни йўқотяпмиз. Ҳамма ишлаган режаларимизни эсдан чиқариб юбордик"  4 18:32Шавкат Юсупов: "Олимпик" етарлича муаммолар туғдирди"  2 18:20"Барселона" Рэшфорднинг ҳуқуқларини сотиб олишга тайёр  3 17:57Про лига. "ФарДУ" сафарда "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлубиятга учратди  1 17:47Сергей Лушчан "Навбаҳор"ни тарк этдими?  17 17:40Экитике: "Ливерпуль" мен учун қанча тўлагани қизиқ эмас"  2 17:18Пеп Гвардиола: "Абдуқодир Ҳусанов жисмоний жиҳатдан айни кучга тўлган Кайл Уокерга ўхшайди"  10 16:52"Реал" Салибага қизиқишини сақлаб қолган  1 16:24Аморим "Интер" футболчисини "Манчестер Юнайтед"га олиб келмоқчи  2

Marko Stanoevich: "Nasaf"dan ketishim mumkin edi, faqat..." Yangiliklar

Marko Stanoevich: "Nasaf"dan ketishim mumkin edi, faqat..."

"Nasaf"ni ko'plab futbolchilar tark etayotgan pallada o'tgan mavsum jamoada to'p tepgan serbiyalik legioner Marko Stanoevich "ajdarlar" safida qolishga qaror qildi.

Ortda qolgan davr mobaynida ko'pchilik muxlislarning mehrini qozongan futbolchi yangi mavsumni "Nasaf"da boshlaydi. U klub bilan yangi shartnomaga imzo chekdi. Biz bu borada Markoning fikrlariga quloq tutdik.

- Marko, bu yil ham "Nasaf" sharafini himoya qilishingizdan muxlislar xursand bo'lishgani tabiiy. Sizga ko'plab jamoalarning takliflar tushganiga qaramasdan jamoada qolishingizga nima turtki bo'ldi?

- Joriy mavsumda ham "Nasaf" safida to'p tepishimdan xursandman. SHu yilning oxiriga qadar yangi shartnoma imzoladim. Takliflar bo'lgani rost. Lekin, yakunda Qarshida qolishga qaror qildim. Sabab sifatida nimani ko'rsatishim mumkin? "Nasaf"dan faqatgina juda ham yaxshi taklif bo'lsa, ketaman deb aytgandim. SHaxsan o'zimga bu erda o'ynash yoqadi. 

- So'nggi vaqtlarda ro'y berayotgan muammolar jamoaning ichki muhitiga qanchalik tasir qilmoqda? Eshitishimizga qaraganda, muhit unchalik yaxshi emas ekan...

- Jamoada har doim ichki muhit yaxshi bo'lgan. Men bu borada muammo ko'rmadim. O'tgan mavsum moliyaviy tomondan qiyinchiliklarga duch kelindi. SHunga qaramasdan, sovrinli o'rinlar uchun kurashdik. Muammolar natijalarimizga tasir qilmasligiga harakat qildik. 

- Bobir Abdixoliqov, SHarof Muhitdinov, Islom Kenjaboev kabi futbolchilar boshqa klublarga yo'l olishdi. Ular jamoaning etakchilari edi...

- Kenjaboev, Abdixoliqov, SHarof biz uchun muhim futbolchilar edi. Ular o'zlarini boshqa jamoada sinab ko'rishni lozim topishdi. Bunga normal holat sifatida qarash kerak. "Nasaf"da yosh futbolchilar ko'p. Bu mavsumda ular o'zlarini ko'rsatishlariga ishonaman. 

- Yangi mavsum uchun rejalar qanday? 

- Muammolar bartaraf etildi. Maoshlar berildi. Yangi mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko'ryapmiz. Yilni "Paxtakor"ga qarshi superkubok bahsi bilan boshlaymiz. Boshqa jamoalar, ularning tarkibi haqida fikr bildira olmayman. Men hozir faqat "Nasaf" haqida o'ylamoqdaman. O'zimiz ishtirok etadigan barcha turnirlarda g'alabalar bilan muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz. 

Abdulaziz Iskandarov 

Reyting: +42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика