So’nggi yangiliklar

01:00Сречко Катанец 62 ёшда! У ҳақида 20 та қизиқарли факт  6 00:53"Истанбул Башакшеҳир" назорат учрашувида "Рейхенау" клубини мағлубиятга учратди. Шомуродов норасмий дебют қилди  4 00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  1 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  3 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  2 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  76 21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  4 21:29Ислом Исмоилов: "Москвада маҳаллий клублар билан назорат учрашувлари ўтказамиз"  6 21:01Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов хотира турнирига тайёргарликни давом эттирмоқда  2 20:25Ламин Ямал янги мавсум 10-рақамда ўйнашига ишора қилди(ми?)  1 19:48Иброҳим Йўлдошев - ОКМК футболчиси  2 19:14Суперлига. Биринчи давранинг эътиборга молик 5 воқеаси   6 19:12ЖЧ2026да 4 та танаффус бўлиши мумкин  7

Markazobod - Futbolimiz kelajagi turniri g'olibi Yangiliklar

Markazobod - Futbolimiz kelajagi turniri g'olibi

Mamlakatimiz bolalar va o'smirlarining sevimli musobaqasiga aylanib ulgurgan Futbolimiz kelajagi ananaviy turnirining final bosqichi poytaxtimizdagi Jar sport-sog'lomlashtirish majmuida bo'lib o'tdi.
Mahalla yoshlarining bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o'rtasida futbolni yanada ommalashtirish, iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida uyushtirilgan musobaqa uch yosh toifasida – 9-10, 11-12 va 13-14 yoshli bolalardan iborat jamoalar o'rtasida o'tkazildi. Unda mamlakatimizning barcha hududlaridan futbol jamoalari g'oliblik uchun maydonga tushdi.

9-10 yoshli bolalar o'rtasida Bog'dod tumanidagi Samarqand mahallasi jamoasi birinchi, Buxoro shahridagi Ashfor mahallasi jamoasi ikkinchi, Jomboy tumani Alisher Navoiy nomidagi mahalla jamoasi uchinchi o'rinni egalladi.

11-12 yoshlilar o'rtasidagi bahslarda To'rtko'l tumanidagi Markazobod mahallasi jamoasi bosh sovrinni qo'lga kiritdi. Pastdarg'om tumanidagi Sinchi mahallasi jamoasiga ikkinchi, Jizzax tumanidagi Ziyokor mahallasi jamoasiga uchinchi o'rin nasib etdi.

13-14 yoshli futbolchilar o'rtasidagi uchrashuvlarda Sariosiyo tumanidagi Gulobod mahallasi, Jizzax tumanidagi Qatortol mahallasi va Namangan shahridagi Umid maµallasi jamoalari g'oliblikni qo'lga kiritdi.

- Mahallamizda uch mingga yaqin aholi yashaydi, - deydi To'rtko'l tumanidagi Markazobod mahallasi faollaridan biri Ulug'bek Husayniy. - Ularning asosiy qismini yoshlar tashkil etadi.  Mahallamizda yoshlarga sport bilan shug'ullanish uchun barcha zarur sharoit yaratilgan. Bu esa ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishlarida juda qo'l kelayotir. To'rt yildirki, mahallamiz yosh futbolchilari mazkur turnirning final bosqichida muntazam ishtirok etib kelmoqda. Yosh futbolchilarimiz bu yilgi turnirda bosh sovrinni qo'lga kiritib, mahallamiz nomini butun mamlakatimizga tanitganidan juda xursandmiz. Bu yutuq kelajakda mahallamiz farzandlarining jismoniy tarbiya va sportga bґlgan qiziqishlarini yanada oshirishi shubhasiz.

Suratda: turnir g'olibi - Markazobod mahallasi yosh futbolchilari.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика