So’nggi yangiliklar

10:15Драган Черан: “Андижонлик мухлислар нафақат Ўзбекистонда, балки жаҳон даражасидаги бренд”  2 09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  2 09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  2 08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  2 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  4 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  9 07:30Эрон ОАВ. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  11 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  25 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  4 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2

Markaziy Osiyo. "Ordabasi" asosiy taqibchisiga, "Paxtakor"ning OCHLdagi raqibi "Arkadag'"ga yutqazdi; Tojikistonda ilk bor VARdan foydalanildi, Qirg'iz Respublikasida esa kubok sohibi malum Yangiliklar

Markaziy Osiyo. "Ordabasi" asosiy taqibchisiga, "Paxtakor"ning OCHLdagi raqibi "Arkadag'"ga yutqazdi; Tojikistonda ilk bor VARdan foydalanildi, Qirg'iz Respublikasida esa kubok sohibi malum

Markaziy Osiyo mamlakatlari chempionatlarida navbatdagi tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

QOZOG'ISTON

Mamlakat chempionatining 23-tur uchrashuvlari ortda qoldi. Turning markaziy o'yinida peshqadam "Ordabasi" ikkinchi o'rindagi "Astana"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Mezbonlar tarkibida o'zbekistonlik ikki futbolchi Bobir Abdixoliqov (56') va SHahboz Umarov (67') ikkinchi bo'limda maydonga tushdi.

Tur doirasida quyidagi natijalar qayd etildi:

"Qiziljar" 0:0 "Aqtobe"

"Maqtaaral" 2:0 "Aqsu"

"Qayrat" 0:0 "SHaxtyor"

"Qaysar" 3:1 "Kaspiy"

"Oqjetpes" 0:0 "Atirau"

"Tobol" 1:2 "Jetisu"

"Ordabasi" 1:2 "Astana"

Asosiy taqibchisiga mag'lub bo'lganiga qaramay, "Ordabasi" turnir jadvalida etakchilik qilmoqda. "Astana" esa ochkolar farqini 3 taga qisqartirishga muvaffaq bo'ldi. "Aqtobe" esa 3-o'rindan bir ochkoga ortda qolmoqda.

To'purarlar jadvalida "Qayrat"ning braziliyalik hujumchisi Joao PAULO 16 ta gol bilan etakchilik qilmoqda. "Ordabasi" yarim himoyachisi Asxat TAGIBERGEN hisobida 11 ta gol mavjud.

27 sentyabr kuni chempionatning qoldirilgan uchrashuvlari o'tkaziladi. SHu kuni "Ordabasi" o'z maydonida "Maqtaaral"ni qabul qiladi. 

30 sentyabr – 1 oktyabr kunlari esa 24-tur uchrashuvlari o'tkaziladi.

30 sentyabr (shanba)

"SHaxtyor"-"Tobol"

"Aqtobe"-"Astana"

1 oktyabr (yakshanba)

"Jetisu"-"Ordabasi"

"Qiziljar"-"Oqjetpes"

"Atirau"-"Maqtaaral"

"Aqsu"-"Qaysar"

"Kaspiy"-"Qayrat"

QIRG'IZ RESPUBLIKASI

17 sentyabr kuni mamlakat kubogi finali o'tkaziladi. Unda musobaqaning amaldagi g'olibi — "Abdish-Ata" va chempionat debyutanti "Muras Yunayted" bosh sovrin uchun kurash olib bordi. Murosasiz kechgan bahsda "Muras Yunayted" 2:1 hisobida g'alaba qozonib, o'z tarixida ilk marotaba kubok sohibiga aylandi. Klub darvozaboni Pavel Matyash uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

SHuningdek, mamlakat chempionatining 22-tur bahslari bo'lib o'tdi. Ortda qolgan o'yinlardan so'ng "Alay" 43 ochko bilan turnir peshqadami bo'lib turibdi. "Dordoy" 40 ochko bilan ikkinchi o'rinda borayotgan bo'lsa, uzoq muddat etakchilik qilgan "Abdish-Ata" uchinchi pog'onaga tushib ketdi.

23-tur uchrashuvlari 28–29 sentyabr kunlari o'tkazilishi rejalashtirilgan. 

TOJIKISTON

Mamlakat chempionatining dastlabki 18 turidan so'ng yuqori va quyidagi besh jamoa "A" va "B" guruhlariga bo'lingan holda kurashni davom ettira boshladi. Etiborlisi, 24 sentyabr kuni "B" guruhining ilk turidan o'rin olgan CSKA — "Xatlon" (1:0) uchrashuvida chempionat tarixida ilk marotaba VAR tizimidan foydalanildi. 

Tur doirasida quyidagi natijalar qayd etildi:

"B" guruhi

CSKA – "Xatlon" – 1:0

Gol: Izatullo Ro'ziev, 86 – penaltidan.

Amalga oshirilmagan penalti: Sunatullo Ismoilov ("Xatlon"), 90+8 – noaniq.


"Xosilot" – "Regar-TadAZ" – 0:1

Gol: Firuz Karaev, 77 - penaltidan.


"A" guruhi

"Ko'ktosh" – "Esxata" – 0:3

Gollar: Baxtiyor Zaripov, 75 (0:1). Siyovush Asrorov, 90+1 (0:2). Olimjon Karimov, 90+2 (0:3).


"Ravshan" – "Fayzqand" – 4:2

Gollar: Amirjon Safarov, 14 (1:0). Artur Bougnon, 19 (1:1). Muhammadsharifi Saidxo'ja, 38 (2:1). Fransua Enege, 45+3 (2:2). Amirjon Safarov, 50 (3:2). Muhammadsharifi Saidxo'ja, 80 (4:2).


Turnir jadvalida "Istiqlol" yakkakarvonboshilik qilmoqda. Eng yaqin taqibchi "Ravshan" ulardan 6 ochko ortda qolmoqda.

Sentyab oyida yakunida mamlakat kubogining yarim final bahslari o'tkaziladi. "Istiqlol" "Regar-TadAZ"ga qarshi maydonga tushsa, "Xatlon" "Ravshan" bilan bellashadi. Uchinchi davraning 2-tur o'yinlari esa 16–17 oktyabr kunlari o'tkazilishi rejalashtirilgan.

TURKMANISTON

Mamlakat chempionatining 18-tur uchrashuvlari o'tkazildi. Turning markaziy o'yinida Osiyo CHempionlar ligasida O'zbekistonning "Paxtakor" klubi bilan bir guruhdan o'rin egallagan "Ahal" o'z maydonida "Arkadag'"ni qabul qilib, 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. SHu tariqa, yangi tashkil etilib, Yuqori ligaga qo'shib qo'yilgan poytaxt klubi ketma-ket 14-o'yinda g'alaba qozondi.


“Ahal” – “Arkadag'” – 2:3

Gollar: 22 Gurban Annaev (p.), 26 Yazgilich Gurbanov (“Ahal”) – 38 Movlamberdi Goshshanov (avtogol), 42 Didar Durdiev, 45 Begmurad Bayov (p.) (“Arkadag'”)


Turnir jadvali

1.  "Arkadag'" (14 o'yin) — 42 ochko;

2.  "Altin Asir" (14 o'yin) — 32 ochko;

3.  "Nebitchi" (14 o'yin) — 25 ochko;

4.  "Ashxabad" (16 o'yin) — 20 ochko;

5.  "Kopetdag'" (14 o'yin) — 17 ochko;

6.  "Ahal" (14 o'yin) — 16 ochko;

7.  "Merv" (11 o'yin) — 12 ochko;

8.  "Energetik" (15 o'yin) — 12 ochko;

9.  "SHag'adam" (16 o'yin) — 9 ochko.

ERON

Hududining bir qismi Markaziy Osiyo mintaqasiga to'g'ri keladigan fors o'lkasida mamlakat chempionatining 5-tur uchrashuvlari o'tkazildi. Unda quyidagi natijalar qayd etildi: 

"Malavan" 2:0 "Paykan"

"Havodor" 0:1 "Traktor"

"Mes Rafsanjan" 2:0 "Alyuminium Arak"

"Istiqlol Xuzestan" 1:2 "Zob Ohan"

5-turdan o'rin olgan "Sepahon" — "Fulad", "Persepolis" — "Istiqlol Tehron", "SHams Azar" — "Nassaji" bahslari 1 oktyabr sanasiga qoldirildi.

Turnir jadvalida 4 o'yinda 10 ochko jamg'argan "Persepolis" etakchilik qilmoqda. "Istiqlol Tehron" ulardan bir ochko kam jamg'argan bo'lsa, "Alyuminium Arak" va "Traktor" (5 tadan o'yin) hisobida ham shunchadan ochko mavjud.

To'purarlar jadvalida "Sepahon" futbolchisi Rizo Asadi 4 ta gol bilan peshqadam bo'lib turibdi.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика