Mark Nobl "Lion"ga qarshi bahsdan keyin kiyinish xonasini to'liq tozalib chiqdi
15 apr 2022 19:46
Yangiliklar
Mark Nobl "Lion"ga qarshi bahsdan keyin kiyinish xonasini to'liq tozalib chiqdi
"Vest Xem" sardori Mark Nobl "Lion"ga qarshi kechgan Evropa Ligasi chorak finali javob uchrashuvidan so'ng (3:0) yana bir karra hurmatga sazovor bo'ldi.
U yirik g'alabadan keyin "Lion" o'yingohi sanalmish "Lyumer" stadioni kiyinish xonasini tozalab ketdi.
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda tajribali futbolchining harakatlari aks etgan suratlar tarqaldi va bunga omma tomonidan yuksak baho berilmoqda.

Etiborlisi, 34 yoshli futbolchi bu ishni faqat kecha amalga oshirmadi, balki hamisha qilib keladi.
Eslatib o'tamiz, "Vest Xem" ikki o'yin natijasiga ko'ra "Lion"ni umumiy 4:1 hisobida mag'lub etib, yarim finalga yo'l oldi va endi "Ayntraxt" Frankfurt bilan bellashadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar