Mark Krasnov: "Aral" yaxshi jamoa ekan, klubda barcha ishga professional yondashadi"
13 fev 11:39
Yangiliklar
Mark Krasnov: "Aral" yaxshi jamoa ekan, klubda barcha ishga professional yondashadi"
Legioner forvard jamoadagi norasmiy debyutini ham o'tkazdi va 1 ta gol urdi. Biz undan yangi jamoasi haqidagi fikrlarini so'radik.
"Ilk taassurotlarim ajoyib, "Aral" yaxshi jamoa ekan. Jamoa yuqori ligaga chiqishni maqsad qilgan. Shunday ekan, barchasi alo darajada. Jamoaga kelishim tasodifan ro'y berdi, rahbariyat taklif bilan chiqdi. Yakunda muzokaralar olib bordik.
Klub menga, men ularga yordam berishni istayman. Rahbarlarimizga buning uchun minnatdorlik bildiraman. Jamoamiz ajoyib, murabbiylar va futbolchilar moslashishda ko'maklashmoqda. Ichki muhitimiz ahil. Murabbiy futbolchilar bilan ko'proq muloqot qiladi. Xodimlar o'z ishiga professional tarzda yondashadi.
Ha, debyut golimni urdim. Penaltidan bo'lsa-da, bu amalga oshganidan xursandman", – deydi Mark Krasnov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar