Marek Gamshik: "Maradona menga sovg'a berdi. Lekin, nimaligini aytolmayman"
30 dek 2017 20:16
Yangiliklar
Marek Gamshik: "Maradona menga sovg'a berdi. Lekin, nimaligini aytolmayman"
"Napoli" yarim himoyachisi Marek Gamshik jamoa uchun urilgan gollar bo'yicha Diego Maradonaning rekordini yangilagani haqida gapirib o'tdi.
Maradona menga sovg'a berdi. Men uni nima ekanligini ayta olmayman.
"Men faqat o'yinlar haqida o'ylayman, bu muhim va biz yilni yuqori darajada yakunlashni istaymiz. Biz faqat o'z ishimizni qilishni maqul ko'ramiz.
Maradonaning rekordini yangilash ajoyib yutuq. Lekin, endi o'yinlarni yutish va jamoa uchun 3 ochko olish kerak.
Maradona menga sovg'a berdi. Men uni nima ekanligini ayta olmayman", - dedi Gamshik.
Eslatib o'tamiz, "Napoli" yarim himoyachisi Marek Gamshik A Seriya 18-turida "Sampdoriya"ga qarshi o'yin (3:2)da klub uchun o'zining 116chi golini urdi. Bu borada u Diego Maradona (115 gol)ni ortda qoldirdi.
Fikrlar