So’nggi yangiliklar

00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  0 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  0 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  7 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  0 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  2 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  23 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  9 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  20 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  2 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2 17:55"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини сотиб олади  0 17:33Расман: Постекоглу – "Ноттингем Форест" бош мураббийи!  5

Marat Bikmaev yilning “Eng yaxshilari”ni aytdi Yangiliklar

Marat Bikmaev yilning “Eng yaxshilari”ni aytdi

Avval xabar berganimizdek, bugun soat 17:00da Toshkent shahridagi “Zafarshon” koncert zalida O'FA va PFLning yili yakunlariga bag'ishlangan tadbiri bo'lib o'tadi.

Unda o'ndan ortiq nominaciyalar bo'yicha yilning “Eng yaxshilari” aniqlanadi.

Bo'lajak taqdirlash marosimi oldidan “Paxtakor” jamoasining tajribali hujumchisi Marat Bikmaevning yil yakunlari bo'yicha fikrlarini bilishga qiziqdik. Malumot uchun Bikmaev 2017 yil O'zbekistonning tengsiz futbolchisi sifatida tan olingan.

- Albatta, bugun PFLning ortda qolayotgan yil yakunlari bo'yicha o'tkazayotgan bayram tadbiridan xabarim bor. Unda bir qator nominaciyalar bo'yicha g'oliblar aniqlanadi. Nomzodlar bo'yicha fikrlarimni bildiradigan bo'lsam, Yilning “Eng yaxshi futbolchisi” deya Jaloliddin Masharipovni alohida etirof etgan bo'lardim. Sababi “Paxtakor”ning haqiqiy etakchisiga aylangan Masharipov butun mavsumni yuqori notada o'tkazdi. SHubhasiz u “SHerlar”ning muhim bir qismiga aylandi. Jamoaning yutuqlariga katta hissa qo'shdi. Har bir uchrashuvda uning yordami sezilarli darajada bo'ldi deb bemalol ayta olaman.

- “Eng yaxshi murabbiyi” so'zsiz “Paxtakor” ustozi SHota Arveladze! “SHerlar” bilan bu yil ichki musobaqalarning barchasida g'olib chiqdi. Jamoa o'yinini o'zgartira oldi. Yangitdan tarkibni shakllantirdi. Jamoa o'yinida shubhasiz murabbiyning qo'li borligi ko'rinib turibdi. Undan tashqari men uchun O'zbekistondagi yana bir “Eng yaxshi murabbiy” – Ro'ziqul Berdievdir. “Nasaf” ustozi mana bir necha yillardan buyon akademiya tarbiyalanuvchilari evaziga kurashchan jamoa shakllantirib, etakchi klublarga qiyinchilik tug'dirib kelmoqda.

- “Eng yaxshi xorijlik futbolchi” deb “Paxtakor” legioneri Dragan CHeranni ko'rsatgan bo'lardim. Mazmunli o'yinlari va sermahsulligi bilan mahalliy futbolchilarga o'rnak bo'lmoqda.

- “Eng yaxshi hujumchi” deya – (Kulib) O'zimni aytsam bo'lardi-ku, lekin bu yil kamroq gol urdimda. Agar jiddiy aytadigan bo'lsak, menga bu yil “Nasaf” hujumchisi Humoyun Murtazoev bilan “So'g'diyona”dagi SHoxruz Norxonovning o'yini yoqdi.

- Bundan tashqari so'nggi yillarda o'sib kelayotgan yosh hujumchilardan “Nasaf”dagi Bobir Abdixoliqovni ham aytishim mumkin. Murtazoev – Abdixoliqov tandemi himoyachilarga yaxshigina tashvish tug'dirayotgani aniq.

- Yilning “Eng yaxshi yosh futbolchisi” deya “Bunyodkor”dagi Jasur Jaloliddinovni etirof etaman. Iqtidori yuqori ekanligiga shubhas yo'q. Italiya klublarida bejizga qiziqish uyg'otmagan. Endi uni o'zi amalda isbotlashi ham kerak. Jasurning kelgusi faoliyatiga omad tilayman!


Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика