Maradona: "Messi hech narsani isbotlashi shart emas"
01 iyu 2018 12:40
Yangiliklar
Maradona: "Messi hech narsani isbotlashi shart emas"
Afsonaviy argentinalik futbolchi Diego Maradona Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi JCH-2018 vaqtida tanqidlarga etibor bermasligi kerakligini aytdi.
"Men Messiga futboldan rohat olishni maslahat bergan bo'lardim. Argentina jahon chempionatida g'olib bo'ladimi yoki yo'q, u tanqidlar haqida unutishi kerak. Messi hech narsani isbotlashi shart emas, u shunchaki maydondagi o'yindan rohatlanishi kerak.
Sampaolini va uning uslubi qandayligini bilmayman. Biroq terma jamoadagi ko'plab futbolchilar bilan tanishman va ular maydonda bor kuchini berishini bilaman. Bu jamoada g'alaba qozonish uchun yaxshi imkoniyat bor deb o'ylayman, biroq Argentinani favorit demayman, chunki etakchilar hech qachon g'olib bo'lishmaydi" - deydi Maradona.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar