Maradona Argentinaning Nigeriyadan uchragan mag'lubiyatidan keyin jamoani boshqarmoqchi
15 noy 2017 20:04
Yangiliklar
Maradona Argentinaning Nigeriyadan uchragan mag'lubiyatidan keyin jamoani boshqarmoqchi
Argentina terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Diego Maradona yana milliy terma jamoani boshqarmoqchi ekanligini malum qildi.
Maradona bunday qarorini argentinaliklar Xorxe Sampaoli boshqaruvida o'rtoqlik o'yinida Nigeriyadan mag'lubiyat (2:4)ga uchraganidan keyin elon qildi.
"Kim ko'proq g'alabani qo'lga kiritgan? Keling xulosalar chiqaramiz.
Men havotirdaman, chunki ular obro'ni yo'qotishmoqda. Lekin, yigitlar aybdor emas. Men qaytishni xohlayman", - deb yozdi Maradona o'zining instagramdagi sahifasida.
57 yoshli mutaxassis yuqoridagi gaplarni yozish bilan birga Argentina murabbiylarining natijalarini ham joyladi. Unda Maradona 75% g'alaba bilan eng yaxshi ko'rsatkichga ega.
Eslatib o'tamiz, Maradona Argentina terma jamoasini 2008 yilning oktyabridan 2010 yilning iyuliga qadar boshqargan. U jamoa bilan JCH-2010ning chorak finaligacha borgan.
Fikrlar