So’nggi yangiliklar

23:40Ханс-Дитер Флик: "Учта соврин - бошланиш ҳолос"  0 23:07АПЛ старт олмоқда: "Ливерпуль" - "Борнмут" учрашувининг асосий таркиблари билан танишинг!  4 22:59Иван Бошкович: "Бугун биз яхши рақибга мағлуб бўлдик, бундан трагедия ясаш керак эмас"  3 22:30"Ливерпуль" 18 ёшли ҳимоячини 35 миллион еврога сотиб олди  0 22:15"Андижон"га қарши ўйин, "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги имконияти, бугунги ҳимоявий ўйин ҳақида - Камолиддин Тожиев иштирокидаги матбуот анжумани  5 21:47"Андижон"нинг халқаро майдондаги ўйинлари тақвими маълум қилинди  10 21:28Микель Артета: "Арсенал" катта соврин ютиши керак"  1 20:36"Бавария" "Челси" билан Нкункунинг трансфери бўйича музокараларни бошлади. Вингер мюнхенликлар сафига ўтмоқчи  1 20:11"Манчестер Юнайтед" ҳамон "Спортинг" сардори билан шартнома имзолаш ниятида  9 20:00Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида "Сўғдиёна"ни мағлуб этди  43 19:43"Тоттенхэм" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячиси учун 55 млн евро таклиф қилди  0 19:20"Ливерпуль"га керагидан ортиқ баҳо бериб юборишмаяптими? Слот жамоаси Англия чемпионлигини ҳимоя қилиши қийин бўлади  7 18:41Жаҳон футболи афсоналари келадиган футзал бўйича Ўзбекистон Суперкубоги учун чипталар бепул берилади  2 18:20ФИФА кунларида Ўзбекистон терма жамоаси қайси терма билан ўйнаши мумкин? Алишер Никимбаев версияси  9 18:03Суперлига. "Пахтакор" – "Сўғдиёна". Таркиблар маълум  9

MAQOLA. O'zbekistonda to'p tepgan ilk arab futbolchisining muvaffaqiyatli starti va fojiali vafoti haqida Yangiliklar

MAQOLA. O'zbekistonda to'p tepgan ilk arab futbolchisining muvaffaqiyatli starti va fojiali vafoti haqida

Superligamizda odatda bolqonlik legionerlar tashrifi ko'p kuzatiladi.

 Har bir jamoada kamida bir nafardan serbiyaliklarni ko'rishimiz mumkin. Biroq osiyoliklar qadam ranjida qilishi kam kuzatiladigan jarayon. Ayniqsa arab diyori vakillari. 2011 yil o'rtamiyona "Andijon" safida iroqlik mashhur futbolchi Haydar Abdulrazzoq paydo bo'ldi. 


Futbolga kirib kelishi 


Haydar Abdul Razzoq 1982 yil 9 iyun kuni Iroq poytaxti Bag'dod shahrida tug'ilgan. Futboldagi ilk qadamlarini 1995 yil 13 yoshida "Talaba" yoshlar jamoasida tashlagan. Qaysidir manoda bu uning uchun debocha vazifasini, o'tab bergandi. 1996 yilda Nazar Ashraf "Talaba"ning asosiy jamoasiga 5 nafar futbolchini jalb qiladi. Ulardan biri qahramonimiz edi. Oradan 2 yil o'tgach Adnan Hamad tomonidan Iroqning yoshlar jamoasiga jalb etiladi. 2000 yil ular o'z yosh toifalaridagi Osiyo chempionatida g'olib chiqishadi. Finalda Yaponiya taslim qilinadi (2:1).

Terma jamoadagi faoliyati 

Mazkur muvaffaqiyat bir necha nafar futbolchilar qatorida Haydar Abdul Razzoqga milliy terma jamoa eshiklarini ochadi. U 2000 yil 31 yanvar sanasida Milan Zivadnovich boshchiligida JCH-2002 saralash bosqichida Iroq safida debyut qiladi (Livan - Iroq 0:0). Haydar olimpiya terma jamoasi bilan Afina Olimpiyadasiga yo'llanma olibgina qolmay, musobaqani faxrli 4 o'rin bilan tugatadi. Osiyo kubogidan keyingi bu navbatdagi yutuq hisoblanardi. Ammo hali tugagani yo'q edi. Uning eng katta yutug'i shubhasiz 2007 yil 4 davlat, Tailand, Malayziya, Vetnam, Indoneziya mezbonligida o'tgan Osiyo kubogidagi g'oliblikdir. Yunus Mahmud kabi yulduzli tarkibga ega Iroq finalda Saudiya Arabistonini taslim qiladi (1:0). Final Haydarning terma jamoadagi oxirgi uchrashuvi bo'ldi. 

Qaysi klublarda to'p tepgan?

To'p tepar faoliyatining asosiy qismini Iroqda o'tkazdi ("Al Talaba", "Al Ittihod", "Duxok", "Al Zavra", "Al Karx", "Sulaymoniya"). Legioner sifatida Qatarning "Al Ahli SK", Livanning "Al Ansor", "Al Ahli Saida SK", O'zbekistonning "Andijon" jamoalarida harakat qildi. 2007 yildan so'ng uning karrerasida pasayish yuzaga keldi va avvalgi darajasiga qayta olgani yo'q. 

"Andijon"dagi faoliyat

2011 yilgi Turkiyadagi qishki o'quv-mashg'ulot yig'iniga Haydar Abdul Razzoq kelib qo'shiladi. Biroq 3-4ta uchrashuvda maydonga tushganidan bilish mumkinki, mamlakatimizdagi faoliyati ko'ngiladgidek chiqmagan. O'sha yili "Andijon" 28 ochko bilan 12 o'rinni egallab elitada qolishni uddasidan chiqqan. 

Haydar Abdul Razzoq vafot etishi voqealari 

Sobiq futbolchi shu yilning 5 iyun sanasida Iroq poytaxtida nomalum shaxslar tomonidan uyushtirilgan hujumda jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Ular 5 kishini tashkil qilar, qo'llarida esa metall qurollar bo'lgani aytilgan. Birinchi yordam ko'rsatilganiga qaramay nevrologik jarohatlar natijasida vafot etgan. 

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика