So’nggi yangiliklar

07:25ОЧЛ-2. "Насаф" жамоаси сафарда "Шабаб Ал-Аҳли" клубига мағлуб бўлди. Азмун уч дақиқа ичида иккита гол урди.  0 03:05АПЛ. "Арсенал" бурчак зарбаларидан урилган голлар эвазига "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилди  11 02:59ЛаЛига. Мбаппе пенальтидан гол ура олмаган ўйинда "Реал" мағлуб бўлди  27 02:30АПЛ. "Манчестер Сити"да ниҳоят ғалаба, "Ньюкасл" — "Ливерпуль" ўйинида 6та гол ва "Челси"дан йирик ғалаба  17 01:57Турк футболчисига МЮ, "Ливерпуль", "Арсенал" ва ПСЖ қизиқмоқда  0 01:32Жаҳонгир Ортиқхўжаев, "Пахтакор" янги бош мураббийи ва Максим Шацких иштирокидаги матбуот анжуманидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 00:37Куртуа "Реал" билан шартномани узайтирмоқчи. Дарвозабоннинг вакиллари Саудия Арабистонидан қизиқиш ҳақида билишмайди  1 00:04АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Юнайтед" баҳси асосий таркиблари маълум!  15 23:56"Атлетик" — "Реал". Беллингем, Мбаппе ва Родриго асосий таркибда  20 23:15Озарбайжон кубоги. "Сумқайит" кейинги босқичга чиқди, Жалолиддинов 120 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  122 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  3 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  8

"Neftchi" bilan kechgan "jang", kelishilgan o'yinlar". "Turon"ni Superligaga olib chiqqan Islom Ismoilov bilan intervyu Yangiliklar

"Neftchi" bilan kechgan "jang", kelishilgan o'yinlar". "Turon"ni Superligaga olib chiqqan Islom Ismoilov bilan intervyu

Tashkil topganiga ko'p bo'lmagan Yaypanning "Turon" jamoasi joriy mavsumda o'ziga xos bir kichik tarix yarata oldi.

Yil davomida ajoyib o'yinlari bilan mahalliy ishqibozlarning mehrini qozonib ulgurgan jamoa azolari Pro ligadagi debyut mavsumdayoq Superliga yo'llanmasiga ega chiqdi. Bunda murabbiylar shtabidan tortib klubda mehnat qilayotgan har bir xodimning hissasi katta bo'ldi. Biz esa 28 yoshida "Turon"ni Superliga sari etaklagan, yosh va iqtidorli murabbiy Islom Ismoilovga bir qator savollar bilan yuzlanib batafsil suhbatlashdik.

- Avvalo "Turon" jamoasini Pro liga g'olibligi va Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritgani bilan tabriklaymiz. Mazkur jamoani o'tgan mavsumning ikkinchi yarimida qabul qilib olganingizda qisqa fursat ichida bunday yutuqlarga erishaman deb o'ylaganmidingiz?

- Tabriklar uchun rahmat. Bu yil juda katta hajmdagi ishni bajardik. Jamoa o'zining tarixini yarata oldi. Buning uchun biz bilan elkama-elka turib mehnat qilgan barchaga minnatdorchiligimni bildiraman. Jamoa boshqaruvini qo'lga olganimda Pro liga Bda ishtirok etardi. Murabbiy sifatida doim oldimga yuqori maqsadlarni qo'yganman. Qaerda ishlashimdan qatiy nazar eng oliy o'rinlar uchun kurashishni vazifa qilib qo'yaman. Jamoaning imkoniyati etadimi yo'qmi buni asosiy omil sifatida qabul qilmaganman. Mehnat orqali maqsadimga erishishni o'ylaganman, xolos. "Turon"ni bir kun kelib Superligaga olib chiqishga ishonardim. Buni rahbarlar bilan gaplashganimda ham aytganman. Xudoga shukur maqsadimizga erishdik. Mashaqqatli muvaffaqiyatlarimizda ko'plab insonlarning mehnati yotibdi. "Turon Eco sement", "Eurogips" - bular bosh homiylarimiz. U erda minglab xodimlar faoliyat olib boradi. Erishgan yutuqlarimizda ularning ham ulkan hissasi bor deb o'ylayman. 

- Yosh murabbiy sifatida bosimga tayyormidingiz? 

- To'g'risi yosh murabbiy sifatida o'zimga turli bosimlar bo'ldi, tanqid toshlari otildi. Ayrimlar eplay olmaydi, qo'lidan kelmaydi, joyni bo'shatib qo'y degan gaplarga ham duch keldim. SHu kungacha bu gaplar bo'lgan va davom etadi. Xudo har doim yuzimizni yorug', qo'limizni baland qilsin. Hozirga qadar barcha tanqidlarga mehnatim bilan javob berib kelmoqdaman. Superligada ham bir qator yosh murabbiylar faoliyat olib boryapti. Lekin ular mendan tajribaliroq. Yosh jihatdan ham oramizdagi tafovut katta. Mening yoshimda kimlardir futbol o'ynamoqda. Murabbiy bo'lib yurgan insonlar bilishadi bu sohada ishlash oson emas. Qiyin va murakkab. Murabbiylik yo'lidan ketgandan keyin yoshning ahamiyati yo'q deb o'ylayman. Kattamisan yoki kichkina muxlislar sendan natija talab qilishadi. Har qanday bosim va tanqidlarga tayyor turish lozim. 

- Pro liga bahslaridan keyingi matbuot anjumanlarida futbolchilar qo'rqib harakat qilayotganini, siz istayotgan o'yin uslubiga moslasha olmayotganini ko'p bor takidladingiz. Mavsum oxiridagi o'yinlarni ko'rsak bu boradagi muammolar o'z echimini topganini ko'rishimiz mumkin...

- Bilasizmi bitta jamoani shakllantirish, o'yin uslubini yo'lga qo'yin uchun kamida 3-4 yil vaqt kerak bo'ladi. Yil davomida murabbiylar shtabi bilan birgalikda o'zimizning o'yin uslubimizni yaratish borasida ish olib bordik. Bizda biror jamoaning o'yinidan andoza olish yoki Evropa jamoalari qanday o'ynasa shunday o'ynash kerak degan niyat bo'lmagan. So'nggi pallalarda qisman bu narsaga erishishni boshladik. Albatta bu hali boshlanishi. Oldinda qiyin va masuliyatli ishlar kutmoqda. Lekin tanlagan yo'limdan qaytmayman. Uslubim hujumkor va presingga asoslangan. Superligada ham shu uslubni qo'llaymiz. Elitada qatnashsakda principlarimizdan chekinmaymiz. To'g'ri himoyada ham ishonchli harakat qilishimiz kerak. Buning ustida ishlaymiz. CHunki hujumkor futbol ko'rsatganingizdan so'ng himoya ham mustahkam bo'lishi zarur. Boisi gol o'tkazib yuborish havfi har doim yuqori bo'ladi. To'g'ri, mavsum davomida ayrim uchrashuvlarda futbolchilar biz istagan narsani ko'rsatishga qiynalishdi. Oxiriga kelib esa talab qilayotgan narsalarimizni bajarib bera olishdi. Bu bilan to'xtab qolmoqchi emasmiz. Eng yuqori darajaga olib chiqishni maqsad qilganmiz. Lekin hali hamon ko'p futbolchilarimiz moslasha olishgani yo'q. G'oyalarimizni tushuntirish uchun vaqt zarur. Tanlagan yo'limiz samara berishni boshladi. Tarkibimizdagi futbolchilarning aksariyati hattoki Pro liga darajasiga tayyor emas edi. Yuqorida aytganlarimni birdaniga tezda amalga oshirishimiz uchun bizga qimmat futbolchilar kerak bo'lardi. Qo'l ostimdagi oddiy mahalliy yigitlar esa sekinlik bilan taktika, uslubimizni tushunib bormoqda. Xatolar bor albatta. Superligada ham muxlislarga yoqadigan shiddatli futbol ko'rsatamiz. Himoyaga yotib olmaymiz. Mayli 2-3 ta gol o'tkazib yuborsak ham hujumkorlikni yo'qotmaymiz. Muxlislarga nima yoqadi albatta tajovvuzkor futbol, havfli vaziyatlar, chiroyli gollar. Bundan ular adrenalin olishadi.

- SHunday futbolchilar bo'ladiki ular bilan ishlash og'ir, alohida tushuntirish kerak, individual yondishish talab qilinadi. Jamoangizda bunday futbolchilar bormi?

- Hozirda ko'p narsa o'zgarib ketmoqda. Faqat futbolda emas boshqa sohalarda ham o'zgarishlar katta. Insonlarning fikrlashi, dunyoqarashida o'zgarish yuz beryapti. SHu qatori futbolchilarda ham. Ko'p futbolchilarning hayoli texnalogiyalarda telefon, planshet va hokazo. To'g'risi futbolchilarga biror narsani tushuntirish azob bo'lib ketgan. Doim futbol haqida o'ylashmaydi. Telegram, instagram, feysbuk kabilarga etibor qaratmoqda, lekin futbolga kelganda bor diqqatini yig'a olmayapti. SHu omilla futbolchilarga tushuntirishda muammo tug'dirmoqda. O'z jamoamdan qiyos qilib aytyapman g'oyalarimizni singdirish qiyin bo'ldi. Ayrim o'yinlar bo'ladiki ularga ipidan ignasigacha tushuntirasiz. Lekin aynan o'sha xatolarni uchrashuv davomida takrorlashadi. Bu esa diqqat etiborni etishmasligidandir. Mavsumda jamoaning tonusini ushlab turishga, ichki muhitga putur etmasligiga harakat qildik. Ichki muhitni va intizomni shakllantira olmasa u murabbiy hisoblanmaydi. SHukurki, futbolchilar bilan til topisha oldik. Qaerdadir xato qilganlarni zaxiraga o'tkazdik. Kamchiliklarini o'ziga aytdik. Futbolchilarga ham tushungani uchun rahma aytaman. 



- Endi suhbatimizni bevosita yilning eng shiddatli va kurashlarga boy o'yini haqida davom ettirsak. Raqib "Neftchi" jamoasi deyarli Superligada edi. Uchrashuvdan oldin esa doimgidek turli gap-so'zlar tarqaldi. "Turon" o'yinni berib yuboradi degan fikrlar ham qulog'imizga chalindi. Deylik oldingi yillarda o'rtaga kattalar, rahbarlar aralashuvi kabi holatlar uchragan. Ammo maydonda barcha gaplar, shubhalar noto'g'ri ekanligini jamoalar isbotlashdi. Bu qaysidir manoda futbolimiz o'zgarganidan dalolatmi?

- "Neftchi" bizga yaqin Superligaga yo'llanma olishga juda yaqin edi. Lekin taqdir shunday ekan, bu - futbol. Unda hamma narsa ro'y berishi mumkin. O'yindan oldin turli negativ fikrlar yangradi. O'zim ko'p joyda ko'rdim, eshitdim. "Turon" o'yinni beradi "Neftchi" chempionlikni qo'lga kiritadi, barchasi sceneriy bo'iycha ketmoqda, oxirgi o'yinda shou qilib berishadi degan gaplarga ham duch keldim. Ammo biz bularning barchasi noto'g'riligini g'alabamiz bilan isbotladik. Klubimiz hech qachon bunday o'yinlarda ishtirok etmagan. Doim kelishilgan o'yinlarga qarshi chiqqanman. Faoliyatim davomida juda ko'p takliflar bo'lgan. Lekin inkor qilib kelganman. Mening boshqaruvimdagi jamoa hech qachon totalizator va kelishilgan o'yinlarda qatnashmaydi. Uchrashuvdan oldin shogirdlarimga hamma tanqidlarga g'alaba bilan nuqta qo'yishimizni aytdim. Ushbu mavsumdagi Pro liga tarixdagi eng kuchlisi bo'ldi deya olaman. Sakkizta jamoaning har biri o'ziga yarasha nomdor. Har bir o'yin finaldek kechdi. Hech kim engilishni istamadi. Futbolimiz oldinga qarab rivojlanmoqda. Hakamlik masalasida ham siljish bor. "Neftchi" bilan bahsda ham hakamlarning harakatini barcha ko'rdi, mutaxassislar kuzatdi. Agar xatosi bo'lganida O'FA jazolashi mumkin edi. Menimcha ko'pchilikda etiroz bo'lmadi.

- Qiziq futbolchilarni qanday ruhlantirdingiz? Yoki "Turon" futbolchilarida ortiqcha bosim yo'q ekanligi foyda berdimi? 

- Murabbiylikning eng nozik jihatlaridan biri futbolchilarga tasir ko'rsata olish. Agarda u o'z shogirdlariga har tomonlama tasir ko'rsata olsa ko'plab muvaffaqiyatlarga erisha oladi. Futbolchilarga ruhiy tomondan dalda beradigan gaplarni topib aytishga, ularning elkasidagi ortiqcha bosimni olib tashlashga harakat qilamiz. Ayniqsa "Neftchi" bilan o'yin arafasida katta ishni amalga oshirdik. Kerak bo'lsa ruhshunosni jalb qildik. Haqiqatdan ham shu kuni bizda ishtiyoq yuqori edi. Buni yigitlarning ko'zida ko'rdik. Mavsumdagi eng chiroyli o'yinimizni o'tkazdik. Juda ko'p vaziyatlardan foydalana olmadik. Bo'lmasa hisob yirik ko'rinish olardi.

- Tanaffusda futbolchilarga qanday ko'rsatmalar berdingiz? Masalan xorij misolida olib qarasak murabbiylar tanaffusda qiyinish xonasiga kirmasligi yoki o'zgacha usullar bilan ularni ikkinchi bo'limga tayyorlashadi?

- Futbolchilarimga raqibdan bir bosh ustun o'ynashayotganini aytdim. Birinchi bo'limda imkoniyatlarimiz bo'ldimi demak ikkinchi bo'limda ham vaziyatlar yuzaga kelishini, g'alabaga oxirgi daqiqaga qadar ishonishlarini takidladim. To'g'risi ichimda yutishimizga qandaydir ishonch bor edi. 



- O'yindan keyingi juda hunuk holat hususida sizning munosabatingiz...

- Ha o'ta hunuk holat kuzatildi. Deyarli hamma joyda shu gap. Xato qilganlar o'ziga yarasha jazosini oldi. Endi mazkur holatni unutsa ham bo'ladi. Futbolimiz nufuziga tasir qilmasligi kerak. "Neftchi"ga keyingi o'yinlarda omad tilayman va Superligaga yo'llanma olishiga tilakdoshman.  Yaypandan kelgan minglab muxlislarimizga tashakkur bildirib qolaman. Ajoyib qo'llab-quvvatlashligi natijasida biz uyda o'ynagandek his qildik. Superligada ham g'alabalarimiz bilan ularni xursand qilamiz degan umiddaman.

- Taqdirlanish marosimida ichingizdan qanday kechinmalar kechdi? Bu faoliyatingizdagi eng katta yutuqmi?

- Yil davomidagi barcha charchoqlar o'sha lahzada chiqib ketdi. So'z bilan tariflashning iloji yo'q. Futbolda barcha g'alaba uchun harakat qiladi. Qiyinchiliklarga duch kelasiz, oilangizdan uzoqda bo'lasiz, muammolar bo'ladi. Yoqimli yakun, g'oliblik nashidasi barini esdan chiqarishga yordam beradi. Hozirgi kunga qadar bu faoliyatimdagi eng katta yutug'im. Oliy maqsadim kun kelib O'zbekiston milliy terma jamoasini Jahon chempionatiga olib chiqish. Murabbiylikni boshlagan kunimdan shu narsani ichimga tugib qo'yganman. 

- "Turon" Superligada ishtirok etishga tayyormi? CHunki, o'zingiz ham jamoa har tomonlama tayyor bo'lib elitaga chiqadi degansiz. Superliga baribir boshqa munosabatni talab qiladi. Moliyaviy jihatlari, futbolchilarni tayyorlash, ligada o'rnini saqlab qolish va tarkibni kuchaytirish masalalari bor...

- Klub rahbarlari bu borada tayyorgarlikni boshlab yuborishgan. Superligada ishtirok etish uchun zarur barcha ishlarni amalga oshirishmoqda. Mutasaddilarimiz Superligada har tomonlama qo'llab-quvvatlashga vada berishdi. To'g'ri moliyaviy holat borasida Superligadagi yuqori oltilik balki barcha jamoalar bilan tenglasha olmasmiz. Bilasizlar "Turon" hususiy klub moliyaviy imkoniyatlarimiz yuqori emas. Superligada ham yuqori o'rinlarga kurashish uchun tinim bilmasdan mehnat qilamiz. Tarkibni kuchaytiramiz. Yuqori saviyadagi futbolchilarni jalb qila olmaymiz. Bunga moliyaviy holatimiz yo'l qo'ymaydi. Yosh kelajagi porloq futbolchilar bilan safimizni to'ldirib olamiz. SHu orqali jamoaning barqarorligini saqlab qolishga harakat qilamiz.

Biz tarkibni o'zgartirmaymiz. Yigitlarga ham aytib o'tganman agar Superligaga yo'llanma oladigan bo'lsak bir davra barcha futbolchilarga imkoniyat beraman. SHuning uchun hozirgi tarkibdagi futbolchilarni ketkazmaslikka etibor beramiz. "Turon" doim adolat yo'lidan ketadi.  

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика