"Manchester Yunayted"ning yangi bosh murabbiyi kim bo'lishi aniq!
29 okt 2024 20:38
Yangiliklar
"Manchester Yunayted"ning yangi bosh murabbiyi kim bo'lishi aniq!
Tez orada murabbiy rasman tanishtiriladi.
"Sporting" klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borib kelayotgan Ruben Amorim "Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyiga aylanadi. MYU murabbiyning portugal klubi bilan shartnomasida ko'rsatilgan 10 mln evro tovon pulini to'laydi va u bilan bitim tuzadi. "Sporting" murabbiyni qo'yib yuborishga rozi bo'lgan. Amorim ham MYU taklifini qabul qildi. Bu haqda taniqli insayder Fabricio Romano malum qildi.
"Manchester Yunayted" tez orada yangi murabbiyni tanishtiradi.
Eslatib o'tamiz, ingliz klubi "Vest Xem"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng Erik ten Xag bilan xayrlashgandi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar