So’nggi yangiliklar

00:35Жюль Кунде терма жамоа йиғинларидаги образи бўйича бирдирилган танқидларга жавоб берди  0 23:55Иньеста "Барса" ва "Реал" рақобати чўққига чиққан пайтда Испания термасидаги муҳит ҳақида гапирди  0 23:26Эрлинг Холанд Габриэлнинг бошига тўп улоқтирганидан афсусланмаслигини айтди  0 22:38Эрон терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан ўтказган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  8 22:19Дисквалификация муддати қисқарган Поль Погбанинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  3 21:38Тен Хаг "Манчестер Юнайтед" машғулот базасида баланд девор қурдирди. У машғулотларини бегона кўзлардан беркитмоқчи  8 21:10Жозе Моуринью Арда Гюлерни жамоасига олиб келмоқчи  4 20:47Россия термаси октябрь ойидаги ФИФА кунларида ўйин ўтказмайди. Ўйинчилар очиқ машғулот ўтказиб, клубларига қайтишади  11 20:21Расман: "Сўғдиёна" жамоанинг асосий ўйинчиси билан шартномани узайтирди  5 19:56Англия футбол ассоциацияси Пакетани футболдан умрбод четлатишга чақирмоқда  6 19:31Шайхлар "Сент-Жеймс Парк" стадионини реконструкция қилиш учун 1 млрд фунт сармоя киритади  1 19:02Нико Уильямс жароҳати сабаб Испания терма жамоаси ўйинларини ўтказиб юборади  1 18:39Ўзбекистон МТЖ Эронга қарши ўйин олдидан расмий машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  26 18:21"Футбол олами". Фарғонадаги "Аср финали" қандай ўтди?   9 18:13Аббос Файзуллаев: "Таркибимиздаги барча футболчилар ўз чемпионатларида яхши формага кириб олишди. Бу бизга анча қўл келади"  6

"Manchester Yunayted"dan ketib "ochilgan" top-4 futbolchi Yangiliklar

"Manchester Yunayted"dan ketib "ochilgan" top-4 futbolchi

Teglar :  Manchester Yunayted
"Manchester Yunayted" - faqatgina Angliya emas, dunyo futbolidagi eng yaxshi jamoalaridan biri. Klubning boy tarixi bor va tarkibda kuchli futbolchilar o'ynagan.

Ammo, "Manchester Yunayted"da kuchli futbolchilar o'zini ko'rsata olmagan, biroq ular keyingi jamoasida etakchiga aylanishgan.

4. MEMFIS DEPAY

O'z vaqtida Gollandiya chempionatida to'purar futbolchi bo'lgan Depay "Manchester Yunayted"ga moslasha olmadi.

U 2015 yilning yozida mankunianliklar bilan shartnoma imzoladi va unga 7-raqam berildi. Depay "Yunayted" tarkibida bir yarim mavsum davomida 53 uchrashuvda maydonga tushdi va faqatgina 7 gol kiritdi. 2017 yilning yanvar oyida u "Lion"ga o'tdi.

"Lion" tarkibida u erkin harakat qila boshladi. SHundagina biz 2015 yilda “France Football” nashri tomonidan eng yaxshi yosh futbolchiga o'xshadi.

2017/18 yilgi mavsumda Depay barcha turnirlarda 20 gol kiritishni uddaladi. U jamoasining "Liga 1"da 3-o'rinni qo'lga kiritishida muhim hissasini qo'shdi. Endi Depay "Lion" bilan birgalikda ECHLda qatnashadi.

3. DIEGO FORLAN

Urugvaylik futbolchining MYUga transferini ayrimlar uchun salbiy jihatdan klassik darajada izohlab berish mumkin. U 2002 yilda "Yunayted" bilan shartnoma imzolagan. Unga qadar "Independente" tarkibida 80 uchrashuvda 37 gol kiritgandi.

Forlan ikki mavsum davomida MYU tarkibida harakat qildi va ligada 63 uchrashuvda maydonga tushib, 10tagina gol kiritdi.

2004 yilning avgustida u Ispaniyaning "Vilyarreal" jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Ilk mavsumidayoq 25 gol kiritib, Evropaning "Oltin butsa"siga sazovor bo'ldi. SHuningdek, jamoasining ECHL yo'llanmasini qo'lga kiritishida o'z hissasini qo'sha oldi.

Forlan "Atletiko" tarkibida 106 uchrashuvda qatnashdi va 54 gol kiritishga erishdi.

2. POL POGBA

18 yoshli yigitcha Pogba 2009 yilda "Yunayted" bilan shartnoma imzolagandi. 2011 yilda zaxira jamoasi bilan ajoyib o'yinlari o'tkazganidan keyin Ser Aleks uni asosiy jamoaga taklif etdi.

2011/12 yilgi mavsumda u "Yuventus"ga shundoqqina berib yuborildi.

Albatta, "Yunayted"ning chempion jamoasida bolakayning o'ynab ketishi qiyin edi. Biroq u "Yuve" tarkibida o'zidan yorqin taassurotlarni qoldira oldi.

2013 yilda u “Golden Boy” sovrinini qo'lga kiritdi, biroq shunda ham "Yunayted"ning etiborini tortmadi. Jamoasining qo'lga kiritayotgan g'alabalarida o'z rolini o'ynadi. 2015 yili u o'zining eng yaxshi mavsumini o'tkazdi va 8 gol urib, 12 golga assistentlik qildi. Manchesterdan ketib, Pogba o'z o'yinlarini topib oldi va yana jonajon jamoasiga, o'z vaqtida rekord summa evaziga qaytdi.

1. XERAR PIKE

Pike - "Barselona" akademiyasi, "La Masiya"ning tarbiyalanuvchisi. U 2004 yilda "Manchester Yunayted"ga kelib qo'shilgan. Xerar 3 mavsum davomida "Yunayted" tarkibida 12 uchrashuvda qatnashdi. SHu boisdan u "Real Sosedad"ga ijaraga berildi.

2008 yilning may oyida u "Barselona" bilan shartnoma imzoladi. O'shandan buyon u Kataloniya klubi tarkibida har mavsumda 25dan kam bo'lmagan uchrashuvda qatnashmoqda.

Markaziy himoyachi "Barselona" uchun 39 gol kiritishga erishgan. U dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biri sifatida etirof etilmoqda.

Albatta, u "Barsa"ga borganidan keyingina shunday darajaga erishdi. "Yunayted"da esa rivojlanishdan to'xtab qolgandi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика