So’nggi yangiliklar

10:20АПЛнинг ХХI асрдаги энг яхши мураббийлар рейтинги тузиб чиқилди  1 09:47Тен Хагнинг ўрнига МЮни бошқариш учун асосий номзод маълум  4 09:10"Ман Сити" қишда Родрининг жароҳат олгани сабабли 60 миллионлик трансферни амалга оширади  0 08:35Суперлига. Барча даврларнинг энг яхши тўпурари ким? Черан 10-ўринга кўтарилиб олди  5 07:53Аббосбек Файзуллаев РПЛда тур рамзий жамоасидан ўрин олди  3 07:23Про лига. Бугун 22-турнинг сўнгги учрашуви бўлиб ўтади  1 01:17"Реал" Карвахаль ўрнига ҳимоячи сотиб оладими?  0 00:31Пол Скоулз: "Тен Хагнинг баҳоналари тугаб боряпти"  7 00:00"Олтин тўп" соҳиби Диего: "Беш ой олдин оёғимни операция қилдирдим. Ўзбекистонга келганимда, чап оёғимни ишлатолмасдим"  0 23:50"Шаҳарликлар" ҳужумга ўтди. "Манчестер Сити" АПЛда компенсация талаб қилмоқчи  1 23:28Марсель: "Олтин бутса"ни қўлга киритиш энг катта орзуларимдан бири эди. Бироқ ундан ҳам юқори мақсадим бор эди"  0 23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  4 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  7 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0

"Manchester Yunayted" yozda sotib olishi kerak bo'lgan 10 futbolchi Yangiliklar

"Manchester Yunayted" yozda sotib olishi kerak bo'lgan 10 futbolchi

Ser Aleks MYUdan ketganidan keyin jamoa rahbariyati transferlar uchun juda ko'p mablag' sarflamoqda. Joze Mourino ham yangi futbolchilarni katta narxga sotib olishni hush ko'radi. Xo'sh, jamoa keyingi mavsumda kuchayishi uchun qaysi futbolchilarni sotib olishi kerak?

10. JAMOL LASKELLES

Jamoasi: "Nyukasl"
Poziciyasi: himoyachi
Bu mavsum ligadagi natijalari: 28 o'yin, 3 gol

"Nyukasl" sardori jamoaning qo'lga kiritayotgan natijalarida o'z tasirini o'tkazmoqda. U hujumlarning asosiy qismini qaytarishni uddalab, to'pni olib qo'yishda ham faol bo'lmoqda.

SHuningdek, jismoniy jihatdan ham anchagina baquvvat. 24 yoshli angliyalik futbolchi "Yunayted" himoyasida yaxshi o'yin ko'rsata olishi va muammolarni yopib keta olishi mumkin. CHunki u jamoasining MYUga qarshi uchrashuvida ham chiroyli o'yin namoyish etdi va g'alabada katta hissa qo'shdi.

"CHelsi" "Nyukasl" sardorini sotib olishi mumkin

9. UILFRID ZAXA

Jamoasi: "Kristal Pelas"
Poziciyasi: yarim himoyachi
Bu mavsum ligadagi natijalari: 25 o'yin, 7 gol

"Yunayted"ning chap qanot yarim himoyasida raqobat juda katta. Markus Reshford, Antoni Marsyal, Aleksis Sanches, Xuan Mata aynan shu poziciyada to'p tepadi.

Uilfrid Zaxa - "Manchester Yunayted"ning oltin tarbiyalanuvchilaridan biri va eng katta xatosi. Yani, uni sotib yuborib,  xato qilishgan. Biroq u "Yunayted"da ayni damdagi darajasiga ham etishi katta shubha ostida. U chap qanotda juda faol o'ynaydi, jarima maydonchasi ichiga yorib kira oladi va gollar urishni ham uddalaydi.

Zaxa bir vaqtlar "Yunayted" tarkibida 2tagina uchrashuvda maydonga tushgan. Biroq jamoaning asosiy futbolchisi bo'lib keta olmadi. Avvaliga "Kardiff" keyinchalik "Kristal Pelas" tarkibida ijarada o'ynadi. 2015 yilning qishida esa London jamoasi uni to'liqligicha sotib oldi.

"Tottenxem" Zaa uchun 70 million dollar bermoqchi

Agarda Zaxa "Yunayted"ga qaytadigan bo'lsa, u bir necha futbolchilarni zaxiraga o'tkazib qo'ya oladi.

8. TOMAS MENE

Jamoasi: PSJ
Poziciyasi: himoyachi
Bu mavsum ligadagi natijalari: 19 o'yin, 4 gol

26 yoshli belgiyalik futbolchi Antonio Valensiyaning o'rnida o'ynay olishi mumkin. "Yunayted" sardori 32 yoshni qarshi olgan bo'lsa-da, hali ham jismoniy tomondan anchagina etuk. Biroq ekvadorlikning o'rnida o'ynashi mumkin bo'lgan o'rinbosar topib qo'yish kerak.

Mene - Valensiyaning o'rinbosari bo'lishi mumkin. U PSJ tarkibida yaxshi o'ynamoqda. SHuningdek, hujumlarda ham faol qatnashadi. Ligada 4 gol urishga ham erishdi. Agarda PSJ moliyaviy feyr-pley sababli jamoadagilarni sotadigan bo'lsa, "Yunayted" Meneni sotib olishi kerak.

"Yuventus" PSJ himoyachisiga davogarlik qilmoqda

7. JAN MISHEL SERI

Jamoasi: "Nicca"
Poziciyasi: yarim himoyachi
Bu mavsum ligadagi natijalari: 26 o'yin, 1 gol

Seri yozda grand jamoaga ko'chib o'tishi mumkin edi, biroq "Barselona" 26 yoshli futbolchining transferidan voz kechdi.

Ivuarlik yarim himoyachi "Nicca"da qoldi. U gol urmaydi, qora ishlarni bajaradi. Seri - "Nicca"ning hujumlarida katta rol o'ynaydi. SHuningdek, qarshi hujumlarga tezkorlik bilan o'tadi. Raqib jarima maydonchasi ichida kam xato qiladi va sheriklarini yaxshi vaziyatga chiqarib yuboradi. SHu boisdan "Barselona" uni o'z safida ko'rishga intilgandi.

"Barselona" o'zining bir transfer maqsadidan voz kechdi

Seri Pogba va Matichning yonida yaxshi sherik va Maykl Kerrikning o'rinbosari bo'la oladi.

6. VILLIAN

Jamoasi: "CHelsi"
Poziciyasi: yarim himoyachi
Bu mavsum ligadagi natijalari: 32 o'yin, 6 gol

Braziliyalik futbolchining MYUga o'tishi borasidagi mish-mishlar yana ko'paydi. Joze Mourino uni yaxshi ko'radi.

29 yoshli futbolchi qarshi hujumlarga tezkorlik bilan o'tadi. Albatta, uning o'yinlari qandayligini ko'pchilik biladi. Yodingizda bo'lsa, u "Old Trafford"da MYU darvozasini ishg'ol etgandi. SHuningdek, uchrashuv davomida o'zining xatti-harakatlari bilan "CHelsi" etakchisi ekanligini ko'rsatgandi. U vaziyatlardan foydalanishda hujumchilardan qolishmaydi. 

"Manchester Yunayted" Villianga qiziqish bildirmoqda

U bu mavsum APLning 32 uchrashuvida maydonga tushdi va 57 bora jamoadoshlariga xavfli vaziyat yaratib berdi. Bu esa eng yaxshi natijadir.

5. SERGEY MILINKOVICH-SAVICH

Jamoasi: "Lacio"
Poziciyasi: yarim himoyachi
Bu mavsum ligadagi natijalari: 29 o'yin, 9 gol

Kelib chiqishi Ispaniya bo'lgan serbiyalik futbolchi bu mavsumda porladi. Uning o'yinlari orqali "Lacio" ham jozibali o'ynamoqda. Har doim yaxshi poziciya tanlaydi, paslari aniq, zarbasi kuchli.

Uning jismoniy tomondan ham anchagina kuchli. Sergey to'pni o'zida ushlab tura oladi. 23 yoshli futbolchi A seriyada 29 uchrashuvda qatnashgan va unda 42 bora sheriklarini xavfli vaziyatga chiqarib yubordi.

MYU Milinkovich-Savichga 80 million funt to'lashga tayyor

U shuningdek, havodan ham yaxshi o'ynaydi. SHuningdek, Mourinoning uslubiga mos tushishi mumkin. Biroq Rim jamoasi uning uchun katta mablag' so'ramoqda. Ko'ramiz, voqealar rivoji qanday tus olarkin...

4. FABINO

Jamoasi: "Monako"
Poziciyasi: yarim himoyachi
Bu mavsum ligadagi natijalari: 30 o'yin, 6 gol

Fabino uzoq vaqt davomida MYUning nishonida bo'lib turdi, biroq keyinchalik undan voz kechilgan ko'rinadi, bu borada xabarlar chiqmadi.

Fabino 1-Diviziondagi paslarining 87 foizi aniq etib borgan va bu eng yaxshi natijadir. 24 yoshli futbolchi raqiblarining 47 foiz hujumini ham qaytarishga erishgan. Havodagi kurashlarning 66 foizida raqibidan ustun bo'lgan. 

"Monako" futbolchisi PSJga o'tishga yaqin

Albatta, bunday tipdagi futbolchilar "Manchester Yunayted"ga juda ham kerak.

3. IVAN RAKITICH

Jamoasi: "Barselona"
Poziciyasi: yarim himoyachi
Bu mavsum ligadagi natijalari: 30 o'yin, 1 gol

"Manchester Yunayted" "Real" futbolchisi Toni Kroos bilan shartnoma imzolashni istamoqda. Biroq "Real" "Yunayted"ning ishonchli posboni David De Xea bilan shartnoma imzolamoqchi. SHu boisdan ham transferning amalga oshishi imkoniyatlari juda past.

Endi "Yunayted" rahbariyati boshqa yarim himoyachi izlasa ham bo'ladi. Misol uchun 30 yoshli Ivan Rakitich "Barselona" tarkibida kuchli o'yin namoyish etmoqda. Himoya va hujumga ham ulguradi, uzoq masofalarga yaxshi paslar bera oladi. U hujumga katta etibor beradigan futbolchi. Matich esa himoyaga moslashgan. 

Manchesterning ikki grandi Ivan Rakitich uchun kurashadi

Agarda Rakitich va Matich birga "Yunayted" tarkibida o'ynasa, himoya va hujumdagi ishlar bir meyorda bo'lardi.

2. TOBI ALDERVEYRLD

Jamoasi: "Tottenxem"
Poziciyasi: himoyachi
Bu mavsum ligadagi natijalari: 11 o'yin

29 yoshli futbolchi Evropaning eng yaxshi markaziy himoyachilaridan biri. Uning jarohat olganidan xabaringiz bor, shu boisdan kam o'yinda qatnashdi. Ammo, u "shporlar"ning g'alabalarida katta hissa qo'shgan. Ham jismoniy, ham ruhiy tomonlama juda kuchli. Bunday himoyachilar "Yunayted"ga kerak albatta. To'g'ri, MYUning himoyasi yaxshi o'ynaydi. Biroq belgiyalik futbolchi bilan jamoaning o'yini yanada mukammallashardi.

“Manchester Yunayted” yozda Tobi Alderveyreldni sotib oladi

Ammo, "Tottenxem" ham uni osonlikcha qo'yib yubormaydi.

1. SAMYUEL UMTITI

Jamoasi: "Barselona"
Poziciyasi: himoyachi
Bu mavsum ligadagi natijalari: 23 o'yin, 1 gol

Umtiti "Barselona"da portlab chiqdi. Bu mavsumda jamoaning asosiy futbolchisiga aylandi. Puyolga o'rinbosar ekanligini isbotlamoqda. SHuningdek, uning o'yini ham barchaga manzur bo'lmoqda.

"Yunayted"ga kuchli futbolchilar kerak, juda ham. Mourino himoyaviy o'yin uslubini hush ko'rishi barchaga ayon. SHu boisdan Umtiti portugaliyalikning o'yin uslubiga mos tushishi mumkin.

Uning 91 foiz paslari aniq bormoqda, shuningdek, havodagi kurashlarning 58 foizida raqibdan ustunroq bo'lgan. "Yunayted"ning qarib borayotgan himoyasiga 24 yoshli Umtiti munosib o'rinbosar bo'lishi aniq.

Fergyusonning "Roma" - "Barselona" uchrashuviga borgani sababi malum bo'ldi

Har holda uning o'yinini buyuk Ser Aleks kuzatishga bordi-ku.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика