"Manchester Yunayted" vakillari keyingi yil yozda o'tadigan yig'in masalasini hal etish uchun AQSHga uchishadi
23 okt 2017 19:08
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" vakillari keyingi yil yozda o'tadigan yig'in masalasini hal etish uchun AQSHga uchishadi
"Manchester Evening News" nashrining yozishicha, "Manchester Yunayted" klubi keyingi yil yozda mavsumoldi yig'inini yana AQSHda o'tkazadi.
Los-Anjelesdagi Kaliforniya universiteti maydonidan baza sifatida foydalaniladi.
Xabar qilinishicha, MYU vakillari tur va o'rtoqlik o'yinlari bo'yicha direktor boshchiligida yaqin kunlarda so'nggi masalalarni hal etish uchun AQSHga yo'l olishadi.
Joze Mourino ushbu yozda Kaliforniya universiteti sport kompleksidagi sharoitlardan ko'ngli to'lgan va keyingi mavsumda ham u erga borishga vada bergan. Kutilishicha, keyingi yil yozda turne biroz kechroq, 20 iyulda boshlanadi.
"Keyingi yil yozda Jahon chempionati borligini hisobga olgan holda, yig'in sanasini o'zgartirishimizga to'g'ri keldi", - dedi klub vakili.
Fikrlar