"Manchester Yunayted" qishda Moratani sotib olishi mumkin
14 dek 2022 22:22
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" qishda Moratani sotib olishi mumkin
Jurnalist Rob Dousonning fikricha, Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Alvaro Morata APLga qaytishi mumkin. Avvalroq futbolchi "CHelsi" safida to'p tepgan.
Manbaning xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" futbolchiga qiziqish bildirmoqda, klub shartnomani bekor qilib, jamoani tark etgan Krishtianu Ronalduning o'rniga hujumchi qidirmoqda.
"Manchester Yunayted" PSV futbolchisi Kodi Gakpo va "Benfika"dan Gonsalu Ramush variantlarini ham ko'rib chiqmoqda.
30 yoshli ispaniyalik futbolchi joriy mavsum La Liganing 14 ta uchrashuvida maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar