"Manchester Yunayted" Onanani sotib yuborishi mumkin, klub unga o'rinbosar topdi
23 mar 16:13
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" Onanani sotib yuborishi mumkin, klub unga o'rinbosar topdi
Darvozabon Andre Onana "Manchester Yunayted"ni tark etib, faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishi mumkin.
"Qizil iblislar" 28 yoshli afrikalikni Saudiya Arabistoniga sotishga tayyor. Ingliz grandi rahbariyati Onananing o'rniga Franciyaning "Lill" klubidan Lyuka Shevale nomzodini ko'rib chiqmoqda. Uning transfer narxi 47 million evroga baholanmoqda.
Onana joriy mavsum 40 ta o'yinda ishtirok etib, to'qqiztasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Uning shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo'ljallangan bo'lib, bozor qiymati 32 million evroga baholanmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
De hea bor edi Myu 2-3-4 urinlarda bulardi
bu dumbul keldi myu pastga quladi