"Manchester Yunayted" "Milan" futbolchisiga qiziqmoqda
24 may 12:25
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" "Milan" futbolchisiga qiziqmoqda
"Manchester Yunayted" "Milan" darvozaboni Mayk Menyanga qiziqmoqda, deb yozadi jurnalist Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Manbaning yozishicha, "qizil iblislar" franciyalik posbon haqida malumot so'rashgan.
Avvalroq OAVda kelayotgan yozda "Manchester Yunayted"ni darvozabonlar Andre Onana va Altay Bayindir tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Menyan joriy mavsumda barcha musobaqalarda 52 ta o'yin o'tkazib, shundan 14 tasida o'z darvozasidan to'p o'tkazib yubormadi. Uning "Milan" bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt malumotlariga ko'ra, futbolchining narxi 25 million evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar