Rashfordning dubli "Liverpul"ni mag'lub etish uchun etarli bo'ldi
10 mar 2018 19:30
Yangiliklar
Rashfordning dubli "Liverpul"ni mag'lub etish uchun etarli bo'ldi
Manchester United Marcus Rashford - 14', Marcus Rashford - 24' |
Premier League . 30-tur 10/03/2018, 16:30 1
:
2
Tugadi
|
Liverpool Eric Bailly - 66' |
Stadion: Old Trafford, 74855 tomoshabin
Bosh hakam: Craig Pawson
"Manchester Yunayted" – "Liverpul" 2:1
Gollar: 1:0 – 14 Reshford, 2:0 – 24 Reshford, 2:1 – 66, avtogol Bayi.
"Manchester Yunayted": De Xea, Bayi, Smolling, Valensiya, Maktomini, Yang, Mata (Lingard, 89), Matich, Sanches, Reshford (Fellayni, 70), Lukaku.
"Liverpul": Karius, Lovren, Robertson (Solanke, 84), Aleksander-Arnold (Veynaldum, 80), van Deyk, Firmino, Oksleyd-CHemberlen (Lallana, 62), Salax, Djan, Mane, Milner.
Ogohlantirishlar: Reshford (27), Oksleyd-CHemberlen (35), Valensiya (89).
APL turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.
UCHRASHUV YAKUNLANDI!
90+6. O'zgarish: Darmian Sanches o'rniga maydonga tushdi.
90+5. "Qizillar" katta kuch bilan hujumda, ammo gol yo'q. Burchak zarbasi...
90+3. "Liverpul" shoshayotgan bo'lsa ham, iloji boricha erdan o'ynashga harakat qilmoqda.
90+2. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.
90. So'nggi daqiqalar "Liverpul" MYUni o'z jarima maydonchasiga qamab qo'ydi. "Qizil iblislar" qarshi hujum uyushtirsa gol, bu gol bilan yakunlanishi ham mumkin.
89. Sariq kartochka. Valensiya Manening elkasiga butsasining tagi bilan zarba berdi.
88. O'zgarish: Xuan Mata o'rniga Jessi Lingard maydonga tushdi.
84. Sanches qanotda bir futbolchini aldab, to'pni jarima maydonchasiga erlatib uzatdi, Mata esa darvoza tomon zarba berdi, ammo uning yo'nalishiga raqib jamoa himoyachisi to'sqinlik qildi. Uchrashuv davom etadi.
83. Bugun Salohning umuman o'yini qovushmayapti. Deyarli har bir uzatma, zarba xato bilan yakunlanmoqda.
82. Mane va Firmino raqib jarima maydonchasi oldida juda ajoyib o'ynashdi, ammo Sadio zarba berish uchun kelayotganda Fellayni uning yo'lini to'sib qoldi.
79. Klopp hakamlarga etiroz bildirmoqda. O'zgarish: Aleksander-Arnold o'rniga Viynaldum maydonga tushdi.
77. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Lallana jamoaning o'yiniga ko'nikolmayapti.
74. "Liverpul" bir necha daqiqadan beri MYUni o'z jarima maydonchasiga qamab qo'ygan.
71. O'yinga intriga qaytdi.
69. Bayi oqsoqlanib maydonga qaytdi. Bu paytda esa o'zgarish. Rashford o'rniga Fellayni maydonga tushdi.
66. GOOOOOOLLLLLL! ERIK BAYI O'Z DARVOZASINI NISHONGA OLDI! Sadio Mane chap qanotdan to'pni jarima maydonchasiga tashladi, Bayi esa o'ng oyoq o'rniga chap bilan zarba berishga urinib, o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi. Gol urgan himoyachi jarohat ham olgan ko'rinadi.
65. Saloh katta tezlik bilan hujumga o'tayotganda to'p maydonni tark etdi va yon hakam buni payqab, bayroqchasini ko'tardi.
60. Ikkinchi bo'limning ilk 15 daqiqasida ustunlik "Liverpul" tomonda bo'ldi.
57. Aleksander-Arnold markazda to'pni oldirib qo'ydi va raqiblar qarshi hujum amalga oshirishi uchun imkoniyat yaratdi. Sanches to'pni chap qanotda ochilib borayotgan Rashfordga uzatish o'rniga, Lukakuga noaniq uzatma berib, qarshi hujumni to'xtatdi.
55. Robertosn to'pni qanotdan raqib jarima maydonchasiga tashladi, to'p esa Valensiyaga tegib yo'nalishini o'zgartirdi, "Liverpul" futbolchilari esa qo'l bilan o'ynalgani haqida hakamga ishora berishdi, ammo xushtak chalinmadi. Takroriy lavhada penalti borligi ko'rindi.
54. Saloh qanotdan qochib ketishga urindi, ammo Yang ham Muhammad kabi tez yuugura olishini isbotladi.
49. Firmino Salohga havolatib ajoyib uzatma berdi, ammo Smolling va Yang to'pni qabul qilishga halal berishdi.
48. Van Deyk ikkinchi qavatda Smollingdan ustun keldi, ammo darvozaga bergan zarbasi noaniq ketdi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Liverpul" birinchi bo'lim boshidagidek yana ko'pchilik bo'lib hujumga otlandi. Lallana maydonga tushishga hozirlik ko'rmoqda.
Bir necha daqiqa oldin Omar Momani yangi karikaturasini taqdim etdi. Venger va Fergyusonning avvalgi va hozirgi holati
STATISTIKA (1-bo'lim)
Zarbalar: 3-5
Paslar soni: 170-288
Uzatmalar aniqligi: 73%-80%
Yaratilgan golli vaziyatlar: 2-5
To'pga egalik qilish: 36%-64%
Burchak zarbalari: 0-5
Qoidabuzarliklar: 6-5
Sariq kartochkalar: 1-1
5 metrdan gol ura olmagan MATA
Gollarni Telegramdagi kanalimizdan ko'chirib olishingiz mumkin: TELEGRAM
TANAFFUS! Bizdan uzoqlashmang, birinchi bo'lim suratlari, statistikalaridan boxabar qilib turamiz.
45+2. "Qizil iblislar" Salohga umuman bo'sh zona qoldirishmayapti.
45+1. Mourinoning qalami yana ishga tushdi, u bir nimalarni yoza boshladi.
45. Birinchi bo'limning asosiy vaqti yakunlandi. Hakam 2 daqiqa qo'shib berdi.
39. Robertson chap qanotdan to'pni jarima maydonchasi markaziga tashladi, himoyachilar bir amallab vaziyatni bartaraf etishdi.
38. Qanotdan Xuan Mataga ajoyib uzatma berildi. Ispaniyalik raqib darvozaboni bilan birga-bir qoldi, ammo u to'pni to'xtatish o'rniga to'xtatmasdan zarba berishga urindi. 5 metrdan qanday noaniq zarba berish uslubini Mata ko'rsatib berdi.
36. Qoyil! Erik Bayi raqib uzatmasini ilib oldi va Zidan uslubidagi to'p ustida aylanish bilan "Liverpul" futbolchisidan qochib ketdi, ammo bir necha soniya o'tib u to'pni yo'qotdi.
35. Oksleyd-CHemberlen markazda to'pni oldirib qo'ydi va raqib hujumga o'tmasligi uchun qoida buzdi. Sariq kartochka.
34. MYUning kombinacion hujumi ofsayd bilan yakunlandi. Rashford o'yindan tashqari holatda.
30. FIRMINOOOO! Roberto markazda raqibning bir futbolchisidan qochib, deyarli bo'sh qoldi va darvozaga zarba berdi, biroq to'p ispaniyalik posbonning qo'liga borib tushdi.
28. Firmino jarima maydonchasining o'ng burchagidan chap oyog'i bilan de Xea qo'riqlayotgan darvozaga zarba berdi, ammo kuchsiz zarba gol bo'lishi qiyin. To'pni posbon egallab oldi. Klopp jamoasini tanimayapti.
27. Milner qanotda to'pni jamoadoshiga uzatayotganda, 2ta gol urgan Markus Rashford qoida buzib, o'yin qaydnomasiga yana ismini yozdirib qo'ydi.
26. Firmino raqibning himoyasidagi xatodan foydalanib, to'pni egallab oldi va qanotdan jarima maydonchasiga uzatdi, yaqindagina safga qaytgan Erik Bayi xavfni bartaraf etdi.
24. GOOOOOOOLLLLL!!! YANA RASHFORD!!!!! Hujumni De Xea boshlab berdi, Lukaku to'pni egallab, uni Mataga oshirdi, Xuan esa to'pni yo'qotib qo'ydi va qaytgan to'p Markusga tushdi. Rashford uzoq o'ylab o'tirmasdan darvozaga zarba berdi va hisobni 2:0ga etkazdi.
22. Jan Firminoga to'pni uzatdi, Roberto esa to'pga biroz kech qoldi va Valensiya to'pni burchakka chiqarib yubordi. Burchak zarbasi esa Virjil van Deyning zarbasi bilan yakunlandi. Gollandiyalik to'pga boshi bilan emas, elkasi bilan zarba berdi va noaniq.
21. Rashfordning golini telegram kanalimizdan ko'chirib olishingiz mumkin: VIDEO
18. Avvaliga Milner jarima zarbasidan to'pni raqib maydonchasiga tashlab berdi, qaytgan to'pni Firmino egallab oldi va u ham darvozabon maydonchasiga uzatma berdi, ammo kerakli joyda paydo bo'ladigan futbolchi topilmadi.
14. GOOOOOOLLLLLL!!! RASHFORDD!!!!!! Markus o'z qanotida Aleksander-Arnolddan qochib ketdi va zarba berish bilan aldab, to'pni o'ng oyog'iga tug'irladi. Yosh futbolchi darvozaning uzoq burchagini aniq nishonga oldi. QOYIL
13. "Qizillar" burchakdan to'pni o'yinga kiritishdi, ammo mashg'ulotlarda ishlangan taktika foyda bermadi.
12. Firmino, Saloh va Mane uchligi hozircha o'yinga ko'p ham qo'shilishmayapti, kurash asosan maydon markazida kechmoqda. Mourino esa yon daftarchasina bir nimalarni yozib qo'ymoqda.
10. Markus Rashford o'z qanotidagi to'pni maydonda saqlab qola olmadi, aks xolda Aleksandr-Arnoldga qiyin bo'lishi aniq edi.
5. MYU ko'proq vaqtini himoyada o'tkazmoqda, aniq to'p uzatishlar juda kam.
4. Milner o'zi uchun odatiy bo'lmagan o'ng qanotdan raqib jarima maydonchasiga to'pni erlatib uzatdi, ammo "qizil iblislar" xavfni bartaraf etishdi.
2. "Liverpul" o'yin boshidan ko'pchilik bo'lib raqib maydoniga o'tib oldi, ammo to'p o'sha tomonga o'tmayapti.
UCHRASHUV boshlandi!
17:28. Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Old Trafford"da dyarli bo'sh joy qolmadi
17:12. SHarflar bor, sharflar...
17:05. "Old Trafford"dagi mehmonlar kiyinish xonasi shunday ko'rinishda
17:00. "Qizil iblislar"
16:55. O'yin malumotnomasi
Fikrlar