"Manchester Yunayted" Koul Palmerga qiziqish bildirmoqda
26 apr 12:20
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" Koul Palmerga qiziqish bildirmoqda
"Manchester Yunayted"ga "Chelsi" yarim himoyachisi Koul Palmer qiziq.
"Qizil iblislar" angliyalik futbolchi transferga qo'yib yuborilsa, uni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Ammo, "Manchester Yunayted"dagilar bunday o'tish ehtimoli kamligini tushunib turibdi, chunki "Chelsi" Palmerni raqibiga qo'yib yuborishni istamaydi.
Palmer joriy mavsum barcha musobaqalarda 39 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2033 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan malumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 130 mln evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar