"Manchester Yunayted" Jeydon Sanchoni sotishga qaror qildi - Fabricio Romano
09 iyu 22:04
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" Jeydon Sanchoni sotishga qaror qildi - Fabricio Romano
"Manchester Yunayted" vinger Jeydon Sancho bilan to'liq xayrlashishga qaror qildi.
Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, mankunianlar futbolchining kelajagi bo'yicha to'liq qarorga kelishdi, unga hatto yangi mavsum oldidan murabbiy almashishi ham halaqit berolmaydi. "Manchester Yunayted" Dortmundning "Borussiya" klubi qiziqishi fonida Sanchoni 40 million funtga sotishga tayyor.
Oldinroq, Sanchoning faqatgina klubdan bosh murabbiy Erik ten Xag ketgan taqdirdagina "Manchester Yunayted"da yana o'ynashga tayyorligi xabar qilingandi.
24 yoshli Jeydon Sancho "Manchester Yunayted"ga Dortmundning "Borussiya" klubidan 2021 yilning iyulida 85 million evro evaziga o'tdi.
Fikrlar