"Manchester Yunayted" futbolchilari futbolka va paypoqlarining torligidan shikoyat qilmoqda, ular o'yinlarda qalbaki liboslardan foydalanyapti
01 noy 2023 16:06
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" futbolchilari futbolka va paypoqlarining torligidan shikoyat qilmoqda, ular o'yinlarda qalbaki liboslardan foydalanyapti
"Manchester Yunayted" o'yinchilari o'yin paytida Adidas jihozlari torligi uchun ularning nusxalaridan foydalanmoqda.
Jumladan, 47 million funt evaziga sotib olingan darvozabon Andre Onana libos borasida muammoga duch kelgan.
Kamerunlik posbon asl nusxali libosning zich ekanligi tufayli unga noqulaylik tug'dirganini takidlagan.
"SHeffild Yunayted"ga qarshi bahsdan keyin uchrashuvlarda Onana qalbaki nusxadagi kengroq o'lchamdagi liboslardan foydalanmoqda.
SHuningdek, futbolchilar 2-tur doirasida "Tottenhem"ga qarshi bahsdan (0:2) beri rasmiy paypoqlarni kiymayapti. Yaqinda bo'lib o'tgan Manchester derbisida Brunu Fernandesh uzun paypoqlarning nusxasini kiygan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar