"Manchester Yunayted" Braziliya terma jamoasi forvardi bilan muzokara o'tkazmoqda
22 apr 12:48
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" Braziliya terma jamoasi forvardi bilan muzokara o'tkazmoqda
"Manchester Yunayted" "Vulverxempton" va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Mateus Kunyani o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Ayni damda manchesterliklar futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha muzokaralar o'tkazishmoqda, chunki forvardga boshqa klublar tomonidan ham qiziqish borligini bilishadi. Malum qilinishicha, "Manchester Yunayted" dastlabki aloqalardan keyin optimistik ruhda ishni davom ettirmoqda. Eslatib o'tamiz, braziliyalikning shartnomasida 62,5 million funt sterling miqdorida tovon puli belgilab qo'yilgan.
Kunya "Vulverxempton"ga 2023 yil "Atletiko"dan o'tgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan. Joriy mavsum 25 yoshli forvard barcha musobaqalarda 31 o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 4 ta assist berdi.
"Transfermarkt" portali braziliyalikni 55 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar