"Manchester Yunayted" antirekordlarni yangiladi
21 apr 16:53
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" antirekordlarni yangiladi
Birinchidan, "Vulverxempton" 1979/80 yildan beri birinchi marta bir mavsumda "Manchester Yunayted"ni ikki marta mag'lub etdi. Ikkinchidan, "Manchester Yunayted" APLda birinchi marta mavsum davomida 15 ta o'yinda mag'lubiyatga uchradi.
"Manchester Yunayted" joriy chempionatda 8 ta o'yinda imkoniyatni boy berdi. Bu 1962/63 yilgi mavsumdan beri kuzatilgan eng yomon natija.
Kecha MYU o'z maydonida "Vulverxempton"ga minimal 0:1 hisobida yutqazdi. Yagona golni o'yinning 77-daqiqasida Sarabiya urdi.
"Manchester Yunayted" Premer-liganing ketma-ket to'rtta o'yinida g'alaba qozona olmadi. "Qizil iblislar" ligada so'nggi bor 16 mart kuni "Lester" ustidan g'alaba qozongan edi.
MYU keyingi tur safarda "Bornmut"ga qarshi bahs olib boradi. Jamoa 33-turdan so'ng 38 ochko bilan 14-pog'onada bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar