So’nggi yangiliklar

18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  0 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  1 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  2 14:43"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди  8 14:18"Спортинг" Сегунда тўпурарини харид қилмоқда  0 13:50Instagram орқали мураббий излаётган Ҳиндистон Хавига рад жавобини берди  13 13:22Андреа Пирло Дубай жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди  3 12:54"Алавес" "Барселона" тарбияланувчиси трансферини эълон қилди  3 12:25"Шўртан" 7 нафар футболчиси билан шартномани бекор қилди  2

"Manchester Yunayted" Ansu Fatiga ko'z tikmoqda Yangiliklar

"Manchester Yunayted" Ansu Fatiga ko'z tikmoqda

Angliya chempionati vakili "Barselona" futbolchisi Ansu Fatiga qiziqish bildirmoqda.

O'tgan yozda Kataloniya klubi azosi Frenki de Yongni har qancha urinmasin qo'lga kirita olmagan mankunianlar endi "Barselona" kelayotgan yozgi transferlar oynasida Ansu Fatini qo'yib yuborishga rozilik bildirishiga umid qilmoqda.

Fati "ko'k-anorranglilar" bilan 2027 yilgacha kuchda bo'ladigan shartnomaga ega, uning ushbu kelishuvni buzishi uchun tovon puli qariyb 1 milliard evro etib belgilangan. Biroq hujumchi joriy mavsumda kutilganiday o'yin ko'rsata olmayapti. U shu paytgacha jamoasining 30 ta o'yinida 6 ta gol urib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hujumchi ushbu o'yinlarning atigi 9 tasida asosiy tarkibda maydonga tushirilgan.

Hozircha "Barselona" "qizil iblislar"dan bo'ladigan har qanday taklifni eshitmasligi mumkin. Lekin yaqin bir necha oy ichida muhim o'zgarishlar sodir bo'lishi mumkin. 

"Manchester Yunayted" yuqori darajali hujumchi izlamoqda. "Yuventus" forvardi Dushan Vlaxovichga ham qiziqishlar yo'q emas. Biroq klub aynan Fatini ular xohlaydigan hujumchi ekaniga ishonishmoqda.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика