"Manchester Siti"da o'ynash oson" - Niko Gonsales
24 fev 17:40
Yangiliklar


"Manchester Siti"da o'ynash oson" - Niko Gonsales
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Niko Gonsales ingliz grandi uchun o'ynash qanchalik qulayligi haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
23 yoshli xavbek qishki transferlar vaqtida "Portu"dan APLga ko'chib o'tgandi.
"Manchester Siti"da o'ynash oson, chunki bu erdagi barcha futbolchilar juda yuqori saviyada. Hamma bir-biriga juda yaqin o'ynaydi va har doim pas uzatadi. O'yinning aksariyat qismida to'pga ega bo'lishni yaxshi ko'raman va bu erda o'zimni juda qulay his qilyapman", – dedi Gonsales.
Gonsales "Manchester Siti" safida 4 o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar